MA’NAVIY MARIFIY TADBIRLAR

9-may  Xotira  va  Qadrlash  kuniga  bag’ishlab  “Xotira  abadiy- qadr muqaddas”  nomli   kecha

dasturi

Tadbir o’tkaziladigan joy bayramona  bezatilgan: quyidagi mazmundagi lozunglar ilib qo’yilgan.

1.»Hech kim hech qachon unitilmaydi».

  1. » Xotira uyg’onsa , go’zal».
  2. » O’tganlar yodi aziz tiriklar qadri sarbalanddir».

(Tadbirga taklif etilgan mehmonlar tashrif buyurganlariga qadar ovoz kuchaytirgichlar orqali dilrabo kuy va qo’shiqlar yangrab turibdi. Davraga boshlovchilar kirib keladi.

 

  • Bosh:

Kimlardir kaftida gul ushlab yurar

Kimningdir qo’lida palaxmon  toshi

Chayqalib turganda dunyo guldirab

Yurtning poyidadir yigitning  boshi

Kimla

 

2-Bosh:

 

Unutmang, bu ko’hna charxi falakda

Vatandan boshqasi hammasi mayda.

Ko’ngilda orzudek osjnon musaffo,

Tuproq tinch bo’lmasa , muhabbat qayda!..

1-Bosh: Assalomu alaykum mustaqil yurtimizning faxr-u iftixori bo’lgan jangohlarda mardlik , jasorat, mehnat jabhalarida fidoiylik ko’rsatgan otaxon-u onaxonlar.

2- Bosh: Assalomu alaykum aziz davramiz qatnashchilari! 9-may
prezidentimiz I.Karimov tashabbuslari bilan «Xotira va qadrlash kuni» deb e’lon qilingan. Ushbu umumxalq bayrami inson xotirasi va qadriga nisbatan
adolatni tiklagan, asl haqiqatni o’ziga mujassam etgan muhim tarixiy
sanaga aylangan.

  • Bosh: Umr yo’llari. Shu ikki kalimada inson hayotining barcha qirralari
    jamuljam bo’ladi. Janglardajon olib Jon bergan otalarimiz, front ortida
    zahmat chekkan yurtdoshlarimiz, urush yillari qoraxat olgan xonadon

bekalari, bedarak ketgan farzandlari yo’liga ilhaq ko’z tikib o’tirgan munis
onaxonlarimiz el-yurt osoyishtaligi nima ekanligini hammadan ko’ra
yaxshiroq biladilar. Ozodlilgni, ayni kunlarda mutlaqo yangicha mazmun
kasb etgan buyuk Vatan tushunchasini g’oyat teran his etadilar.

 

 

 

 

  • Bosh: G’ALABA- qip-qizil qon ustida otgan tong bu! Seni deya ne-ne jonlar Millionlarga armon bo’lgan onlar ketdi. Bezatig’lik go’shangalar  qoldi bo’zlab, O’zbek qoldi minglab o’g’lini izlab.

1- Bosh: G’ALABA- sen norg’o’l o’g’lonlarning orzularin doasi. Yozilmagan maktublari , aytolmagan qo’shiqlari, zurriyodin bir bora ko’rolmagan  qaroqlari, sochlarini silamagan qollari, chimildiqqa kirib ketgan , kirolmagan bo’ylari. Ona-ziimin sog’inchini yuragida olib ketgan bir siqim yurt tuprog’iga qorishmagar.

2- Bosh:

Muzaffar zotlarga motam nojoiz,

Ularning haqqidir faqat iftixor.

Biz mag’rur bosh egsak o’shalar bois,

Ularga loyiqdir eng  oliy ash’or.

Qo’shiq:

1-Bosh:

Sen mening bobomsan , xotira

Sen mening momomsan , qadr

Biz uzun yo’llar-la xotira

Biz uzun yo’llar-la qadr

2-Bosh:

Puchmoq bu tarixning qa’riga ketgan

Ne bir allomalar ne bir Boburlar

Ularning har biri muhrlab ketgan

Xalqim yuragida o’chmas xotira

Xotira muqaddas , Xotira Abad.

 

1- Bosh: Xotira va qadrlash xalqimizga xos milliy o’zligimiz,urf odatlarimiz bilan chambarchas bog’liq muqaddas tushunchadir.

2-Bosh:Prezidentimizning ta’birlari bilan aytganda «Buyuk g’alabani buyuk jasoratli insonlar ta’minlangan va biz, minnatdor avlodlar bu fidoiy yurtdoshlarimizni doim ulug’laymiz, ularning beqiyos matonati va xotirasi oldida hurmat bilan bosh egamiz».

1 -Bosh:

Umr o’tkinchidir kelmaydi qaytib

Ketar u mangulik qo’shig’in aytib

Lek ezgulik borki, nasli odamzot

Dunyoda qoladi abad barhayot.

 

Qo’shiq: ijro etadi «Kamalak» guruh ishtirokchilari.

 

 

 

 

1-Bosh:

Savobdir o’tganni xotirlab turmoq

Ismlarin dilga jo qilib yurmoq

Ota-onani ham ranjitmoq gunoh

So’ng kelmas asliga toptalgan gulbog’

 

2-Bosh:

Jasur najotkorlar saf — qatorida,

O’zbek yig’itining nomi ham kushod.

Tinchlik ayyomining bu nahorida

Mard o’g’lonlarni etmoqdamiz yod.

 

  • Bosh:Urush bashariyat boshiga solgan cheksiz musibatlar hech qachon unitilmaydi. Urush maydonlari va front ortida millionlab odamlar ko’rsatgan jasorat va matonat tariximizda, xalqimiz xotirasida abadul-abad saqlanib qoladi.

 

2- Bosh: «Xotirasiz kelajak yo’q” Agar millat o’zining porloq kelajagini ko’rmoqchi bo’lgan bo’lsa,  uning xotirasi hamisha uyg’oq  bo’lmog’i  lozim. Chunki xalq , millat kechagi hayotidan  o’zi bosib   o’tgan  og’ir va mashaqqatli kunlardan , tarix sinovlaridan zarur xulosa va saboqlar chiqarmog’i darkor.

1-Bosh:

Ko’z yoshlari daryo bo’ldi bu dunyo,

Tugab -tugab ado bo’ldi bu dunyo

Tinch kunlarni sog’indi biro dam-la,

Urushlardan zada bo’ldj bu dunyo.

2-Bosh:

Yuzing yashab oy to’lgandek to’l endi,

Yangi asr — shadlik asm bo’l endi!..

Maktab o’quvchilari  tomonidan she’rlar.

 

She’r

Yurtum ado bo’lmas armonlaring bor

Toshlarni yig’latgan dostonlaring bor

O’tmishingni o’ylab og’riydi jonim

Ko’ksim to’la shahid o’g’lonlaring bor

Bag’rim o’rtar bir o’y bahor ayyomlar

Oy borgan yoqlarga termulib shomlar

 

 

 

Aybin bilmay ketgan Akram, Ikromlar Fayzulladek mard-u maydonlaring bor.

 

1-Bosh

Tuproqqa avaylab

Qadamingni qo’y,

Bu tuproq qora ko’z bir

Nigor edi!

Oyog’imiz ostida shu Vatan deya jangga ketgan, minglab yigitlarning izlari qolgan , yo’lga qaray-qaray paymonasi to’lgan onalarning ko’z yoshlari to’kilgan … Bu tuproq jangga Otlanganlarning ketar chog’idagi holatlariga guvoh.

Urush noming

O’chsin jahonda,

Hamon bitmas

Sen solgan alam!

1- Bosh : Hurmatli davramiz qatnashchilari muhtaram otaxon-ru onaxonlar! Siz azizlarni 9-may «Xotira va qadrlash » kuni bilan yana bir bor muborakbod etamiz. Ona vatanimiz ozodligi yo’lida beqiyos jasorat ko’rsatganimiz , tinch hayot kechirishimiz uchun imkoniyat yaratganingiz uchun ta’zim bajo qilamiz.

  • Bosh: Sizlarga sihat-salomatlik, xonadoningizga baraka , farovonlik
    Baxtimizga yana ko’p yillar sog’-u omon yashab yurishingizni
    ollohdan so’rab qolamiz.
  • Bosh: Shuning bilan bugungi «Xotira muqaddas, azizdir inson» nomli xotira
    kechamiz o’z nihoyasiga yetdi. E’tiboringiz uchun rahmat. Xayr sog’  va
    salomat bo’linglar.

 

Tadbir mavzusi : Konstitutsiya baxtimiz qomusimiz.
56

Qo’shiq “Assalomu alaykum” Ruxshona, Shaxnoza
1-boshlovchi: Assalom davrimiz allomalari,
2-boshlovchi: Ustoz murabbiylar, piru mug’onlar.
1-2-boshlovchi: Assalom ma’rifat nurin taratib,
Hamma: Ongimiz ko’kida quyosh bo’lganlar.
1-o’quvchi: O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 5-moddasi. “O’zbekiston Respublikasi qonuni bilan tasdiqlangan o’z davlat ramzlari – madhiyasi, bayrog’i va gerbiga ega.”
2-o’quvchi: Gebimizda tog’lar bor,
Daryolar bor, bog’lar bor,
So’l tomoni bug’doyzor,
O’ng tomoni paxtazor.
3-o’quvchi: Bayrog’i bor, gerbi bor,
Erksevar O’zbekiston.
Madhiyangni kuylaymiz
Jonajon O’zbekiston!
Madhiya ijro etiladi.
4-o’quvchi: Do’stlar mening yurtimni, O’zbekiston deydilar,
Dong’i tutgan dunyoni, bog’u bo’ston deydilar.
sardor: O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 1-moddasi. “O’zbekiston” suviren demokratik respublika davlatning “O’zbekiston” va “O’zbekiston Respublikasi” degan nomlari bir ma’noni anglatadi”
5-o’quvchi: Muqaddas mo’tabar e’tiqodlar bor,
Qur’on bilan tirik mo’min musulmon.
Erk-u huquqimiz milliy iftixor
Qonunga tayansak bizniki davron.
6-o’quvchi: U dunyo, bu dunyo, insof bor or bor,
Dunyoda sotmaymiz nomusimizni,
Senga vatandoshim ayladik yodgor.
Temur tuzuklarin, qomusimizni.
1-boshlovchi: Olamni sig’dirar bu jajji qalbim,
2-boshlovchi: Dunyo talpinadi belanchaginga,
1-boshlovchi: Sig’inaman senga ey, buyuk xalqim,
Hamma: Yurtim ishonaman kelajaginga!
7-o’quvchi : O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 6-moddasi. “O’zbekiston Respublikasining poytaxti – Toshkent shahri.”
8-o’quvchi: Bu go’zal oftob misol yurt, O’zbekiston deydilar.
Bu diyor bag’rini rohat, Bog’u bo’ston deydilar.
Bog’lari bulbulga oshion, tuprog’i oltinga kon,
Rang – barang sep-u chiroyi elga, doston deydilar.
Toshkent sharq mash’alidir,
Andijon oltin chiroq.
Ko’hna Farg’ona jannat, jonga, darmon deydilar.
9-o’quvchi: Toshkentim, Toshkentim, Onajon!
Ellarga mehribon jonajon,
O’zbegim faxrisan poytaxtim.
Ma’rifat ziyoga boy taxtim.
10-o’quvchi: O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 83-moddasi: “Qonunchilik tashabbusi huquqiga O’zbekiston Respublikasi Prezidenti, o’z davlat hokimiyatining oily vakillik organi orqali Qoraqalpog’iston Respublikasi, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari, O’zbekiston RespublikasiVazirlar Mahkamasi, O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, Oliy sudi, Oliy Xo’jalik sudi, Bosh prokurorlari egadirlar va bu huquq qonunchilik tashabbusi huquqi subyektlari tomonidan qonun loyihasini O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatasiga kiritish orqali amalgam oshiriladi”.
11-o’quvchi: Baxtimiz qomusi porlar quyoshdek,
To abad sen birla mehnatkash xalqim,
Mehnatdan toblangan bu qadoq qo’llar,
Mustaqillik nomidan etgay tarannum.
“Istiqlol” ashulasi ijro etiladi.
12-o’quvchi: O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 27-moddasi. “Har kim o’z sha’ni va obro’siga qilingan tajovuzlardan himoyalanish huquqiga ega”.
13-o’quvchi : Ozod yurt vatanning ertasi porloq,
Asosiy qonuni o’z qomusi bor,
Yo’lida porlaydi hamisha mayoq,
Dilida g’ururi, or-nomusi bor.
14-o’quvchi: Yurtim senga she’r bitdim bu kun,
Qiyosingni topmadim aslo,
Shoirlar bor, o’z yurtin butun,
Olam aro atagan tanho,
Ular she’ri uchdi ko’p yiroq,
Qanotida kumush diyori,
Bir o’lka bor dunyoda biroq,
Bitilmagan dostondir bari,
Faqat ojiz qalamim manim,
O’zbekiston vatanim manim!
15-o’quvchi: O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 76-moddasi. “O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi oily davlat vakillik organi bo’lib, qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalgam oshiradi. O’zbekiston espublikasi Oliy Majlisi 2 palatadan Qonunchilik palatasi va Senatdan iborat. Qonunchilik palatasi va Senati vakolati muddati 5 yil”.
16-o’quvchi: Endi o’z mol-u mulking,
O’z qo’lingda o’z erking,
Yurting nurga belanib,
Barcha oltin – gavhari,
Buyursina o’zinga.
17-o’quvchi: O’zbekiston respublikasi Konstitutsiyasining 49-moddasi. “Fuqarolar O’zbekiston xalqini tarixiy, ma’naviy va madaniy merosini avaylab asrashga majburdirlar. Madaniy yodgorliklar davlat muxofazasidadir”.
18-o’quvchi: Sharqda mash’al – O’zbekiston poytaxti,
Baxt garovi har qamrovli har axdi.
Shu davronga yarishiqdir ko’rk baxti,
Shon-shuxratlar oshyondir, Toshkentim,
Mard ellarning makonidir, Toshkentim.
19-o’quvchi: O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31-moddasi. “Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har kim hohlagan dinga e’tiqod qilishi yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni majburan singdirishga yo’l qo’yilmaydi”.
20-o’quvchi : Istiqlol – bu istiqlol,
Nurli hayot degani,
Qo’rg’on butun el-yuurt tinch,
Vatan obod degani.
Ulg’ayam shu niyat,
Bo’lsin mening keragim
Istiqlolga munosib,
Farzand bo’lmoq tilagim.
21-o’quvchi: O’zbekiston respublikasi Konstitutsiyasining 47-moddasi. “Barcha fuqarolar Konstitutsiyada belgilangan burchlarini bajaradilar”.
22-o’quvchi: Na molim bor, na jonim bor,
O’zim kimman unutgandim!
Tilim gung-u, dilim gung-u,
Alamni ichga yutgandim.
Bugun yurtimda istiqlol!
Abad yurtimda istiqlol!
“Vatanim” qo’shig’i aytiladi va qizlar guruhi o’ynaydi.
23-o’quvchi: Go’zal O’zbekiston sensanVatanim,
Seni ololmaydi hech qanday g’anim,
Yurtboshing elboshing senga parvona
Jasur o’g’lonlaring kuchli mardona.
24-o’quvchi: Konstitutsiyaiz oily chinakam,
Inso-u davlatning fikri mujassam,
U bizga eng oily dasturi amal,
Yo’limiz yoritgan mayog’i mash’al.
“O’zbekiston Ona Onajon!” qo’shig’I ijro etiladi.
25-o’quvchi: Vatan, Vatan deya jonim tanimdan o’lsa ravon,
26-o’quvchi: Banga na g’am, qolur avloduma uyu Vatanim.
27-o’quvchi : G’ubora do’nsa g’amim yo’q vujud zeri vahm,
28-o’quvchi: Charog’i o’z vatanim xokidur go’ru kafanim.
29-o’quvchi: Tug’ub o’sgan yerim ushbu Vatan vujudim hok.
30—o’quvchi: O’lursa aslina roje bo’lurmi man g’amnok.
31-o’quvchi: Vatan – ona so’zi naqadar laziz,
32-o’quvchi: Sensan har narsadan mo’tabar, aziz.
33-o’quvchi : Hurmatingni saqlar har bir o’g’il, qiz.
34-o’quvchi: Muqaddas, mo’tabar aziz vatanim,
35-o’quvchi: Sharaflar, shonlarga to’liq vatanim,
Hamma: O’lsam ayrilmasman quchoqlaringdan.
Mualliflar: O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 3-moddasi. “O’zbekiston Respublikasi o’zining milliy davlati va ma’muriy hududiy tuzilishini, davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining tizimini belgilaydi, ichki va tashqi siyosatini amalgam oshiradi. O’zbekiston davlat chegarasi va hududi daxlsiz va bo’linmasdir”.
Mehrinigor: O’zbekiston ona yurtim, ota makonim,
Shu bepayon jahon ichra tengsiz jahonim,
Yangi davron koshonadan o’zing bo’lgaysan,
Inshoolloh endi abad nurga to’lgaysan.
Mehnat ham bor, shavkat ham bor, karvon ham bordir.
Dunyo havas aylagandek sarbon ham bordir.
Fotihaga qo’l och endi but bo’lsin qasr,
O’zbekiston asri bo’lgay shaksiz bu asr.
Xadicha: Ey o’zg’on naslidan yaralgan o’zbek,
Shavkati olamga taralgan o’zbek,
Asli, nasli toza buyuk millatsan,
Uluslar ichida qutbi izzatsan.
Muhlisa: Shajaring zevari oily insonlar,
Aqliga tan bergan ne-ne zamonlar,
O’zbekiston buyuk kelajak sari,
Qadam qo’ydi omon bo’lsin sarvari.
Shuning bilan 5-sinf o’quvchilari ishtirokidagi tadbirimiz o’z nihoyasiga yetdi. E’tiboringiz uchun raxmat.

Комментирование закрыто.