O’QUVCHILARGA

Umumiy o`rta ta`lim maktab o`qituvchi va o`quvchilarning odob-axloq qoidalari.
(O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi vazirining 2013-yil 28-fevraldagi 74-son buyrug`i bilan tasdiqlangan.)
Mazkur “Odob-axloq qoilari”ning maqsadi umumiy o`rta ta`lim maktablarida sog`lom ijtimoiy-psixologik muxitni shakllantirish.
Vazifalari: umumiy o`rta ta`lim maktablari jamoasi a`zolarining ma`naviy immunitetini shakllantirish va mustahkamlash;
O`quvchilar orasida odob-axloqni buzishni, zuravonlikni hayosizlik va shavqatsizlikni tashviq qilishga qaratilgan har qanday xatti-harakatlarni oldini olishga, past saviyali “ommaviy madaniyat” xurujlaridan himoya qilishga ko`maklashishdan iborat.
VI bob 26 bo`lim
O`quvchilarning odob-axloqqa oid majburiyatlari:
a) ta`lim muassasasi hududida:
maktabda mashg`ulotlar boshlanishidan 10-15 daqiqa oldi, ta`lim muassasasi Ustavida belgilangan o`quvchilar formasida kelishi;
toza va orasta kiyinish, saramjon-sarishta yurish, sochlarni ozoda va tartibga keltirgan holda tutish (o`g`il bolalar sochlarinin uzunligi (2-3 sm)dan oshmasligi, qiz bolalarning ixcham zirakdan tashqari boshqa taqinchoqlarni taqmasligi lozim) ;
ustozlar va maktab mexmonlari bilan uchrashganda salom berish;
o`quv mashg`ulotlari vaqtida hududda sababsiz yurmaslik; maktab mulki (parta, stol, stul, doska, o`simliklar va hokazolar)ga ehtiyotkorona munosabatda bo`lish maktab yo`laklarida tinchlikni saqlash baland ovozda gaplashmaslik;
maktabga o`quv-qurollari, dars jadvalida belgilangan darsliklar va daftarlar bilan kelish (o`quvchilar uchun mo`ljallangan papka tutishi, kundalik daftarni bo`lishi, ma`naviyatga zid rasmlar tushirilgan yozuv daftarlardan foydalanmaslik);
narkotik va psixotrob moddalar, alkogol va ta`maki maxsulotlarning iste`mol qilish hamda tarqatishga yo`l qo`ymaslik.
b) dars vaqti (sinf xonalari)da:
dars jarayoniga xalal beradigan harakatlar qilishdan saqlanish;
uyali aloqa vositalarini o`chirib qo`yish; dars vaqtida o`rinsiz gaplashmaslik;
parta va stollarga chizmaslik; ovqatlanmaslik, soqich chaynamaslik:
e) maktan oshxonasida:
ovqatlanishdan oldin va keyin qo`llarni yuvish;
navbatga turganda ustozlar, yosh bolalar va qizlarga hurmat ko`rsatish;
f) Maktab kutubxonasi va axborot resurs markazi (ARM)da:
xodimlar bilan xushmomilada bo`lish;
kitoblar va jihozlarga extiyotkorona munosabatda bo`lish;
baland ovozda so`zlashmaslik;
kitoblarni olish va topshirish tartib qoidalariga rioya qilish;
g) Sport majmualarida:
sport majmuasiga xos bo`lgan kiyim va poyafzallarda kirish:
sport majmuasining belgilangan tartib qoidalariga to`liq rioya qilish.
Tavsiya
O`zining namunaviy xulqi va bilimi bilan atrofdagilarga o`quvchilik odobi haqida ijobiy taassurot hosil qilishga intilish;
Ko`cha-kuyda bemaqsad yurmaslik kattalarga hurmatda kichiklarga izzatda bo`lish;
Doim komillkka intilish, halollik va adolat bilan hayot kechirish kabi oliyjanob fazilatlarni chuqur anglash;
O`z maktabi manfaati, uning sha`ni va nufuzi to`g`risida qayg`urish ukarni saqlash jonkuyarlik qilish.
VII bob 28-bo`lim
Qo`yidagilar o`quvchilarga man etiladi.
Mashg`ulotlar yakunlangunga qadar maktab hududidan o`quvchilar o`qituvchilar ruxsatisiz tashqariga chiqish:
Hurmatsizlik qilish;
Yozma ish va naziorat ishlarini bajarish vaqtida chetdan yordam so`rash va o`zgalarga yordan ko`rsatish;
Mashg`ulotlarga kechikib kelish yoki qatnashmaslik;
Moddiy jihatdan yaxshi ta`minlanganini turli yo`llar bilan namoyish quilish.

а)ta`lim muassasasi hududida:

b)dars vaqti (sinf xonalari)da:

Комментирование закрыто.