DARS ISHLANMALAR

Sana: “25”. 11. 2015-yil
Sinf: 5-“A”
Fan: Matematika
Mavzu: Sonning darajasi. Sonning kvadrati va kubi.

Maqsad va vazifalar
Ta’limiy maqsad:O’quvchilarga mavzu haqida to’liq bilim va ko’nikma berish
Tarbiyaviy maqsad: o’quvchilarni o’z bilim va zakovati doirasida Vatanimiz ravnaqida munosib hissa qo’shishga intilishlariga yo’naltirish.
Rivojlantiruvchi maqsad: Mustaqil fikrlash qobiliyatini o’stirish
_______________________________________________________
Mashg’ulot bosqichlari
Bosqichlar Mazmuni Vaqti
1-bosqich.
Tashkiliy qism Salomlashish. O’quvchilarning daraga tayyorgarligi, sinfda psixologik muhit yaratish.
5
daqiqa
2-bosqich.
O’tilgan mavzuni so’rash va mustahkamlash O’tilgan mavzu yuzasidan savol-javob, o’tilgan mavzuni mustahkamlash, hamda uyga vazifa bajarilganligini tekshirish.
10
daqiqa
3-bosqich.
Yangi mavzu
bayoni Yangi mavzuning mazmuni tushuntiriladi. O’quvchilarda yangi mavzu haqida bilim, ko’nikma va malakalar hosil qilinadi.
15
daqiqa
4-bosqich.
Yangi mavzuni
mustahkamlash O’quvchilarning egallagan bilim, ko’nikma va malakalari misol va masalalar yechish, hamda savol javob orqali aniqlanadi. O’quvchilar rag’batlantiriladi.
5
daqiqa
5-bosqich.
Darsni yakunlash,
O’quvchilarni baholash va uyga
vazifa berish Baholarni e’lon qilish, uyga vazifani tushuntirish. O’quvchilar bilan xayrlashish.
5
daqiqa
Darsning uslubi: savol –javob, klaster usuli, guruh bo’lib ishlash
Darsning tipi: Yangi bilimlar hosil qilish
Darsning jihozi: Darslik, savol varaqalari, videoproyektop, slaydlar
Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism: a) salomlashish, suhbat:
Shior: Matematika fanlar ichra shoh
Uning sirlaridan bo’lingiz ogoh
b) psixologik iqlim yaratish; c) davomatni aniqlash
II. O’tilgan mavzuni mustahkamlash:1) Noyabr oyi qaysi fan oyligi?
2) 5-sinf matematika kitobining muallifi kim?
3) I-II-guruh o’quvchilari “Natural sonlar”ni klasterlarga ajratadilar
4) Matematika tarixiga nazar solamiz. Fanga o’z hissasini qo’shgan olimlarimizdan kimlarni bilasiz va olim haqida qanday ma’lumotlar bera olasiz?

III. Yangi mavzu bayoni:
Bir-biriga teng ko’paytuvchilar ko’paytmasi maxsus belgilash orqali qisqaroq yoziladi, ya’ni 3*3*3*3* o’rniga 35 kabi yoziladi va “3 ning 5-darajasi” deb o’qiladi.
Bu yozuvda 3-daraja asosi, 5- daraja ko’rsatkichi deb ataladi. 35 daraja ifodaning o’zi esa daraja deb yuritiladi.
3*3 ko’paytma 3 ning kvadrati deyiladi va 32tarzida belgilaniladi.
4*4*4* ko’paytma 43ning kubi deb ataladi va 43tarzida belgilanadi.
A ning a ga ko’paytmasi a ning kvadrati deb ataladi va a2ko’rinishida belgilanadi.
Demak,a2=a*a
a*a*a* ko’paytmaga a sonning kubi deb ataladi va a3ko’rinishida belgilanadi.

Quyida 1 dan 10 gacha bo’lgan natural sonlar kvadrati jadvali berilgan:

n 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10
n2 1 4 9 16 25 36 49 64 81 100

Quyida 1 dan 10 gacha bo’lgan natural sonlar kubi jadvali berilgan:

n 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10
n3 1 8 27 64 125 216 343 512 729 1000

Sonning birinchi darajasi shu sonning o’ziga teng deb olinadi.:81=8, 131=13, 11=1. Odatda, 1- daraja ko’rsatkichi yozilmaydi.
Agar ifodada darajalar ham qatnashgan bo’lsa, oldin darajalar qiymatlari topiladi.So’ng boshqa amallarni bajarishga kirishiladi.

402- misol.

a) 8*8*8*8*8*8*8*8=88

e) 5*5*5*5*5=55

b) 24*24*24*24=244
f)13*13*13*13=134

d) x*x*x*x*x=x5

g) m*m*m*m=m4

404-misol
a) 32*11=9*11=99

b) 5+62=5+36=41

f) (7+1)3=512

d) (3+5)2=82=64

g) (8-5)3: (8-5)=9

h) 63-16=80

e) (73-33):(7-3)=312

i) (92-26):17+42=17

IV. Yangi mavzuni mustahkamlash:
Daraja ko’rinishida tasvirlang?

1)

2)

V. O’quvchilarni baholash:

VI. Uyga vazifa berish:
417- misol
a) 3*3*3*3*3*3=36 b)32*32*32*32*32*32*32=327
d) d*d*d*d*d*d=d6 e) (x+y) (x+y) (x+y) (x+y)= (x+y)4

O’IBDO’: _______________ O.Xolpo’latova . “24” 11. 2015-yil
_________________________________________________________________________________

Sana: 4.02.2015
Sinf: 8-sinf
Fan nomi: Informatika

Darsning mavzusi: Elektron jadvalning elementlari.

Darsning maqsadi:
a) Ta’limiy maqsad: O’quvchilarga elektron jadvalning elementlari haqida to’liq tushuncha berish.
b) Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarni yangi bilimlar egallashga yo’naltirish.
c) Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarning kompyuterdan foydalanish haqidagi bilimlarini kengaytirish.
II. Darsning uslubi: Aralash.
III. Darsning tipi: Savol- javob.
IV. Darsning jihozi: Darslik, plakatlar, tarqatma materiallar, kompyuter, videoproyektor

V. Darsning borishi:
1. Tashkiliy qism: Salomlashish, davomatni aniqlash.
2. O’tilgan mavzuni so’rash.
a) Uyga vazifani so’rash.
b) O’tilgan mavzuni so’rash.
O’tilgan mavzular yuzasidan savollar tarqatiladi. O’quvchilar og’zaki javob beradi.

3. Yangi mavzu bayoni.
Elektron jadvallar – ustun va satrlarning birlashmasidan iborat jadval bo’lib, satr va ustun kesishmasi katakcha yoki yacheyka deb ataladi.
Katakchaga quyidagi kabi ma’lumotlarni kiritish mumkin.

Matnli Sonli Sanali Vaqt Formula Funksiya

Katakcha quyidagi xossalarga ega bo’lishi mumkin:

Fon turi va rangi Shrift turi, o’lchami va rangi
Tekislash turi Son turi
Matn yo’nalishi turi himoya
Chegara turi, rangi va o’tkazish joyi

Katakchaning bu xossalari Format menyusining Katakcha (Ячейки) bo’limi yordamida belgilanadi.

Jadval bilan ishlash uchun quyidagilarni bilish lozim.

Katakchaga ma’lumotlar kiritish Katakchadagi ma’lumotlarni tahrirlash Katakchadagi ma’lumotlarni o’chirish.
Katakcha belgilanadi.Matn, son yoki formula kiritiladi. Kiritish (Enter) klavishi bosiladi. Katakcha belgilanadi. F2 (tahrirlash holatiga o’tish) klavishi bosiladi. Tahrirlash bajariladi. Kiritish klavishi bosiladi. Katakcha yoki katakchalar bloki belgilanadi. O’chirish (Delete) klavishi bosiladi.

Son – raqam belgilaridan iborat (birinchi belgisi “%” bo’lishi mumkin), orasida faqat bitta “,” (o’nli kasrning butun va kasr qismlarini ajratuvchi) belgisi bo’lgan ketma –ketlik. Misollar: 3; 5,1234; 10,01. Kiritilayotgan son katakcha kengligiga sig’masa, u holda Excel uni turiga qarab eksponensial yoki “########” ko’rinishda ifodalaydi. E3 -rasm

E3- rasm

Formula- katakchga kiritilayotgan “=” (tenglik) belgisidan boshlangan ketma –ketlikdir. Formulada sonlar, katakcha adreslari va funksiyalar arifmetik amallar orqali bog’lanadi. Misollar: =C1-1441, = A1+ 7*B2

Matn- katakchaga kiritilgan ketma-ketlik son ham, formula ham bo’lmagan hol. Bu holda Excel uni matn deb tushunadi.

Elektron jadvalda bir katakchadan boshqa joyga murojaat qilish mumkin. Murojaat- formula yozishda ishlatilayotgan katakcha, satr, ustun yoki katakchalar blokining (shu varaqdagi, boshqa varaqdagi, boshqa kitobdagi) adresidir. Elektron jadvallarda nisbiy va absolyut murojaat qo’llaniladi.
Mavzuni mustahkamlash va yakunlash.
1. O’quvchilar 2-misolni kompyuterda amaliy bajaradi
2.O’tilgan mavzu yuzasidan test, savollarga o’quvchilar javob beradi.
O’quvchilarni baholash.
Uyga vazifa
1. Savol va topshiriqlarga javob yozish.
2. Mashqlarni amaliy o’rganib kelish.

Оставить комментарий