MA’NAVIYAT VA MA’RIFAT

Mavzu: Ozod yurtning erkasi, ertasi bizlar.

O’qituvchi:
— Men o’qituvchiman. Shuning uchun o’quvchilarimning ma’naviyatiga aytayotgan fikrlariga aloxida e’tibor qilaman. Qara-a-ab turib, o’zimga- o’zim, “ Mustaqillik bolalarimizga mustaqil fikrlashni o’rgatdi. Ular aytayotgan gaplarga biz kattalar lol qolyapmiz . Yaqinda 3- sinfda
“ Tarbiyaviy soat”ni o’tdim. O’quvchilarimga O’zbekiston bayrog’I haqida aytib berdim. Keyin “Qani bolalar , aytinglarchi, bayrog’imiz nimaning timsoli?” deb so’radim. O’quvchilar baland ovozda;
“Ustoz bu O’zbekistonning quyoshi ” dedi.
Boshlovchi :
Vatan – ona so’zi naqadar laziz,
Sensan har nnarsadan mo’tabar , aziz.
Hurmatingni saqlar har bir o’g’il-qiz,
Muqaddas, mo’tabar ulug’ vatanim,
O’lsam ayrilmasman quchoqlaringdan (Uyg’un)
Boshlovchi :
Vatanlar shodasi ichra durdona,
O’zingsan dunyoda tanho yagona.
Qoshingda bir umr bo’lib parvona ,
Vatanim, koringa yarasam deyman.
Boshlovchi :
-Hurmatli ustozlar, aziz bilim ahli va qadrli mehmonlar “Ozod yurtning erkasi, ertasi bizlar ” deb nomlangan tadbirimizda xush kelibsiz
O’qituvchi:
Aziz o’quvchilar Mustaqillik nima ?—Mustaqillik bizga, halqimizga nima berdi?
O’quvchi: O’zbekiston Respublikasi prezidenti I. Karimovning
“ Ona yurtimiz baxtu iqboli va buyuk kelajagi yo’lida xizmat qilish – eng oliy saodatdir ’’ deb nomlangan kitobida bu savolga aniq javob beriladi: “Mustaqillik biz uchun avvalo o’zligimizni anglash, insoniy qadrimizni, aziz avliyo va allomalarimizning tabarruk nomlari va merosini , g’urur va iftixorimizni tiklash, yosh avlodimizni milliy va umumbashariy qadriyatlar ruhida tarbiyalash kabi beqiyos imkoniyat oshib berganini alohida ta’kidlashimiz zarur”
O’quvchi: “Aynan mustaqillik iqtisodiy xayotimizda sobiq markazdan turib rejalashtirilgan eskicha ma’muriy- buyruqbozlik tizimidan biryoqlama rivojlangan nosor iqtisodiyotigan voz kechib, erkin bozor iqtisodiyotiga o’tish , mamlakatimizni yangilash va modernizatsiya qilish, xususiy mulkni har tomonlama rivojlantirishga qaratilgan qat’iy islohotlarni amalgam oshirish uchun mustaxkam zamin yaratib berdi.
Boshlovchi:
Mustaqil O’zbekistonni madh etuvchi she’rlardan namunalar tinglaymiz.

Boshlovchi
Ona yurtimizning hozirgi vaqtda dunyo miqyosida tan olinayotgan yutuqlari haqida ma’lumotlar tinglaymiz.
O’quvchi: Yaqinda Shveysariyada Jahon iqtisodiy forumi-iqtisodiyoti eng tez rivojlanayotgan mamlakatlar reytingida 2014-2017 yilgacha bo’lgan davrda yillik o’sish darajasi eng yuqori bo’lgan davlatlar orasida O’zbekiston 5-o’rinda qayt qilindi.
O’quvchi:Birlashgan millatlar Tashkiloti ko’magida AQSHning Kolumbiya universiteti sotsiologlari tomidan o’tkazilgan ijtimoiy so’rov va tadqiqotlar natijasida “Butunjahon baxt indeksi”ning yangi reytingiga ko’ra mamlakatimiz 158 ta davlatlar orasida 44 pog’onani, Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligiga a’zo mamlakatlar ichida birinchi o’rinni bant etdi”.
Sahna ko’rinishi ; TIl qudrati
Boshlovchi:
O’zbekiston haqida qo’shiq
O’quvchi:
O’zbekistonimizning ana shunday ulkan yutuqlari haqida gapirar ekanmiz, jahon tan olgan atoqli yozuvchi Jahon tan olgan yozuvchi Chingiz Aytmatovning mana bu fikrlarini yodimizga tushadi.
“Tarixning eng qiyin pallasi o’ziga xos siyosiy seliksiya ro’y berdi. Bu sellektsiya tarix saxnasiga eng kerakli shaxsni olib chiqdi. I. Karimov nafaqat O’zbekiston, balki Turkiston zaminida o’zining eng irodali, qat’iyatli, irodali rahbar yaqinini namoyish qiladi. Bu- tarixda shaxsning qanday xal qiluvchi rol o’ynashi mumkinligini ko’rsatdi. Tarix I. Karimovning haqiqatan ham zamonaviy stivilizatsiyamizning eng ulkan
feguralaridan biri ekanini ko’rsatdi

O’quvchi:
Kim- ozod, obod, farovon va baxtli manzilga olib keldi?
O’quvchi:
Kim – ozodlik dushmanlari orasidan muqaddas karvonni olib chiqdi ?
O’quvchi:
Kim-xalqqa to’g’ri yo’l ko’rsatdi?
O’quvchi:
Kim- jonfidilik sadoqat, ma’naviy jasorat namunasini ko’rsatdi?
O’quvchi:
Kim- Mustaqillik va ozodlik qo’rg’onini g’ishtlarini qurdi?
Hamma: I. A. Karimov
O’qituvchi
Shu murg’ak bolalarning qalbiga Ollohim Vatanga dahldorlik tuyg’usini solganidan hayratga tushasan kishi. Ularga qarata “Katta bo’lsangiz kim bo’lasizlar?” desam, ular shunday javob berdi.
Hamma
O’zbekiston Respublikasiga xizmat qilamiz.

Оставить комментарий