KUTUBXONA

3-mart kuni 20-umumiy o’rta ta’lim maktabida «Eng yaxshi kitobxon» tanlovining maktab bosqichi o’tkazildi. Tanlovda 7 «A»-sinf o’quvchisi Barakayeva Sabrina g’oliblikni qo’lga kiritdi.

 

 9 - aprel Amir Temur tavalludining 680- yilligi munosabati bilan o'tkazilgan " Avlodlar qalbida mangu yashar " nomli kecha dasturi .

1-Bosh :    Yillarning qaridan omon chiqolgan,

                  Istibdod taxtini  yengib ketolgan.

                 Istiqlol  ma’shalin  gurlab yoqolgan,

                 Boshi osmon bo’lsin bugun o’zbekning.

                 Dong’i doston bo’lsin bugun o’zbekning.  

 2-Bosh :            Beruniy  yaratgan  ziyosi bilan,

                          Jontabibi- Ibn Sinosi bilan.

                          Qaddi baland bo’lsin bugun o’zbekning,

                          Jismi payvand  bo’lsin  bugun o’zbekning.

 1-Bosh: — Assalomu alaykum, dono  ustozlar, aziz o’quvchilar  va  hurmatli mehmonlar

 2-Bosh: —  Assalomu alaykum shirin bolajonlaru  aziz  o’quvchilar.

 1-Bosh:  Bugun biz buyuk bobomiz Amir Temur talludiga  bag’shlangan tadbirni o’tkazish uchun yig’ilib turibmiz.

 2-Bosh:  Amir Temur  bobomiz buyuk sohibqiron, sarkarda   va qudratli  mamlakat tuzib, uni adolatli  idora etgan mohir davlat arbobi bo’lgan. 

 1-Bosh:  Hurmatli ustozlar, bugun o’quvchilarimiz buyuk bobomizni madh etuvchi  she’rlar  hamda u zotning hayoti va faoliyati to’g’risida turli ma’lumotlar tayyorlab kelishgan. Hozir navbatni ularga beramiz.

 2-Bosh:  Marhamat, aziz o’quvchilar!

1 – o’quvchi :  Amir Temur otliq bobosi bilan ,

    Marvarid  yaratgan  navosi  bilan ,

    Intizor Boburiy  Mirzosi  bilan ,

    Nasli  ulug’  bo’lsin bugun o’zbekning ,

    Rizqi  to’liq  bo’lsin   bugun  o’zbekning .

2 – o’quvchi : Buyuk  saltanatni  tikladi Temur ,

    Istagi :  avlodim  otsa  zo’r  tomir ,

    Mulki  Turon  otsa uzugi bo’lib , —

    Xalqim osoyishta  ko’rsaydi  umr .

 

3 – o’quvchi :  Sohibquron aytar : ey – farzandlarim

     Ko’zimning qarog’i  jon dilbandlarim .

     Millatning  dardiga darmon  bo’lingiz ,

     Bo’shashtirmang   mening  bo’g’in –

                                                       bandlarim .

4 – o’quvchi : Adolat  , ozodlik  dastida  bo’ling ,

    Yomonlik  , razolat  qasdida  bo’ling .

    Nifoq  tuxumlarin   ekmangiz aslo ,

    Yaxshilik  , ezgulik rostida  bo’ling !

 

 

 

1-Bosh: Endigi navbatni  o’quvchilarga beramiz va ulardan  Amir Temur  hayoti  va  faoliyati haqida  so’zlab  berishadi . Marhamat

 

 

1 – o’quvchi :   Buyuk  bobomiz  1336 – yil  9 – aprelda  Keshdan uncha uzoq  bo’lmagan Xo’ja  Ilg’or   qishlog’ida  barlos   urug’uga mansub  bo’lgan  bek  Tarag’ay  Bahodir  oilasida dunyoga kelgan . A.Temur  yoshligidan bilimga tashna bo’lishi  bilan  harb ilmiga qiziqqan , otlarni  juda  sevgan  va  mohir chavandoz  bo’lgan .

2 – o’quvchi :   A.Temur juda  olijanob qalb egasi bo’lgan . U Movarounnahrdek  buyuk  davlat tuzgan .Eron , Turkiya , Hindiston   kabi  yirik  davlatlarni ilm – ma’rifat , madaniyatni targ’ib etgan . Qizil   o’rdaning  istilochilik  hukmronligiga barham  berib , iqtisodiy mustahkamlab , xalq  manfaatlarini  himoya  qiluvchi  davlat  tuzdi .

3 – o’quvchi : A.Temur   buyuk  siyosatchi  , sarkarda  , o’z  davrining  buyuk  davlar  arbobi  bo’lgan . Uning shiori   “ Kuch – adolatdadir  ” degan  purma’no   hikmat  bo’lgan .

4 – o’quvchi : A.Temur   27 ta  katta – kichik  tarqoq  shaharlarni birlashtirib , qudratli  davlat  tuzgan  va   davlatining  poytaxti – Samarqand   shahri   bo’lib ,  juda  obod  va chiroyli  sjaharga  aylantirgan . Bundan   tashqari  Samarqand  , Buxoro   va Turkiston   tarixiy  obidalar  , madrasalar  , maqbaralar  , qurdirgan . Obodonlashtirish ishlarini  olib  brogan

 .

 

 

1-Bosh:  Aziz  ustozlar  va bilimdon  o’quvchilar ! Bugun biz buyuk bobomiz  hayoti  va  faoliyatiga doir ko’p  narsalarni bilib  oldik .

2-Bosh: Biz – O’zbekiston  farzandi , buyk  A.Temur  avlodidan  bo’lganligimiz  bilan  faxrlanamiz . Bobomizdek  olijanob  va  haqiqatparvar , yurtsevar   bo’laylik !

1-Bosh:  Shuning  bilan  bugungi  tadbirimizni yakunlaymiz . Barchangizga  sog’liq – salomatlik ,  ishlaringizga rivoj  tilaymiz .   

     

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Комментирование закрыто.