FAN OYLIKLARI

Sana:    16 .  02. 2018-yil               

Sinf:       7-“B”

Fan:        Geometriya

Mavzu: To’g’ri burchakli uchburchakning xossalari

 Maqsad va vazifalar

Ta’limiy maqsad:O’quvchilarga to’g’ri burchakli uchburchakning xossalari haqida to’liq bilim berish

Tarbiyaviy maqsad: TK4-O’quvchilarni o’z bilim va zakovati doirasida Vatanimiz ravnaqida munosib hissa qo’shishga intilishlariga yo’naltirish.

Rivojlantiruvchi maqsad:TK-6 O’quvchilarning mustaqil fikrlash qobiliyatini o’stirish

Mashg’ulot bosqichlari

Bosqichlar Mazmuni Vaqti
1-bosqich.

Tashkiliy qism

Salomlashish. O’quvchilarning daraga tayyorgarligi, sinfda psixologik muhit yaratish.  

2

daqiqa

2-bosqich.

O’tilgan mavzuni so’rash va mustahkamlash

O’tilgan mavzu yuzasidan savol-javob, o’tilgan mavzuni mustahkamlash, hamda uyga vazifa bajarilganligini tekshirish.  

5

daqiqa

3-bosqich.

Yangi mavzu

bayoni

Yangi mavzuning mazmuni tushuntiriladi. O’quvchilarda yangi mavzu haqida bilim, ko’nikma va malakalar hosil qilinadi.  

20

daqiqa

4-bosqich.

Yangi mavzuni

mustahkamlash

O’quvchilarning egallagan bilim, ko’nikma va malakalari misol va masalalar yechish, hamda savol javob orqali aniqlanadi. O’quvchilar rag’batlantiriladi.  

8

daqiqa

5-bosqich.

Darsni yakunlash,

O’quvchilarni baholash va uyga

vazifa berish

Baholarni e’lon qilish, uyga vazifani tushuntirish. O’quvchilar bilan xayrlashish.  

5

daqiqa

 

Darsning uslubi: savol –javob, “BBB”metodi, guruh bo’lib ishlash, Geometrik tadqiqot

Darsning tipi: Yangi bilimlar hosil qilish

Darsning jihozi: Darslik, plakatlar, tarqatma materiallar,  videoproyektor, slaydlar

 

Darsning borishi:

  1. Tashkiliy qism: a) salomlashish;

Shior: Matematika fanlar ichra shoh

Uning sirlaridan bo’lingiz ogoh

 

  1. b) davomatni aniqlash

Sinfda kim navbatchi

Bugun tartib saqlovchi

Navbatchi menman ustoz

Har so’zingiz dilga mos

Darsga kelmagan bormi?

O’zin bilmagan bormi?

Bizlar darsga tayyormiz

Axir bilimga zormiz

  1. c) psixologik iqlim yaratish;
  2. II. O’tilgan mavzuni mustahkamlash:

1) Fevral oyi qaysi fan oyligi?

Javob: matematika va informatika  fan oyligi;

2)Fevral oyining muhim sanalari

Javob: A. Navoiy tavalludining 577 yilligi, Z. M. Bobur tavalludining 535 yilligi

3) O’tilgan matematika darsida qanday mavzu o’tilgan va uyga vazifa nima topshiriq berilgan?

 Javob: Uchburchak ichki burchaklarining yig’indisi. Uchburchak tashqi burchagining xossasi   mavzusi o’tilgan. Uyga vazifa  4-masalani yechib kelish;

O’tilgan mavzuni takrorlash uchun “Geometrik tadqiqot” o’tkazamiz.

Bir varaq qog’ozga ixtiyoriy ABC uchburchak chizing va burchaklarini 1, 2 va 3 raqamlar bilan belgilang. Uning burchaklarini yirtib oling va yonma-yon qo’ying. Bunda qanday xulosa chiqarish mumkin.

Xulosa: Uchburchak ichki burchaklari yig’indisi 1800 ga teng.

  • Yangi mavzu bayoni:
  1. Yangi mavzuni mustahkamlash:

Savol kartochkalari tarqatiladi.

Mustaqil ish

1-rasm

a=?

Yechish: 2x+x+900=1800; 3x=1800+900; 3x=900; x=300;

a katet 300li burchak qarshisida bo’lganligi uchun 12:2=6

Javob: a=6 sm

  1. O’quvchilarni baholash:

Dars davomida faol ishtirok etgan o’quvchilar baholanadi.

  1. Uyga vazifa:

7-masala.

 

 

O’TIBDO’:                U. Bazarov   16.02.2018 –yil

Oktyabr oyi Ona tili va adabiyot

fan oyligi

Ona tili va adabiyot metodbirlashma rahbari Dilbar Rizaqulova  metodbirlashma a’zolari Rizaqulova Laylo va Ro’ziyeva Shaxnoza fan oyligi ish rejasini muhokama qilmoqda.

ona tili o'qituvchilari

Миртемир
ОНА ТИЛИМ

Ёбонларнинг чексизлиги,
Ҳам самуми, ҳам ҳовури,
Онажонлар алласидан,
Қўз ёшидан, оқ сутидан;
Тўқайларнинг тенгсизлиги,
Жилғаларнинг шўх ғовури,
Йигитларнинг ялласидан,
Сулувларнинг сукутидан —
Йўғрилган тил —
Она тилим.
Дарёларнинг тошқин пайти
Арслон янглиғ ариллаши,
Довонларнинг кўк қиёси,
Қорли тоғлар жилосидан,
Чўпонларнинг қамиш байти,
Чилдирманинг дариллаши,
Гўрўғлининг алп сиймоси,
Алпомишнинг даъвосидан —
Туғилган тил —
Она тилим.
Тулпорларнинг асовлиги,
Тош чақиши, оловлиги,
Боболарнинг олтин сўзи,
Бўёқчининг ўланидан:
Тўқувчининг алғовлиги,
Чилангарнинг далғовлиги,
Бу тупроқнинг қўш ҳўкизи,
Қўшчиси ҳам қўланидан —
Яралган тил —
Она тилим.
Шу тупроқнинг жон аямас
Тарлонлари, бургутлари,
Келинларнинг дилдошлиги,
Ёр-ёрларнинг жарангидан;
Босқинларнинг бедодлиги,
Бувиларнинг ўгитлари,
Дўмбиранинг мунгдошлиги,
Дуторнинг ҳам тарангидан —
Таралган тил —
Она тилим.

Эркин Воҳидов
ОНА ТИЛИМ ЎЛМАЙДИ

Нотиқ деди:
«Тақдир шул,
Бу жаҳоний ирода.
Тиллар йўқолур буткул,
Бир тил қолур дунёда».
«Эй воиз, пастга тушгин,
Бу гап чиқди қаердан!»
Навоий билан Пушкин
Туриб келди қабрдан.
Ким дарғазаб,
Ким ҳайрон,
Чиқиб келдилар қатор:
Данте, Шиллер ва Байрон,
Фирдавсий, Бальзак, Тагор.
«Ваъзингни қўй, биродар,
Сен айтганинг бўлмайди».
Барча деди баробар:
«Она тилим ўлмайди».
— Ҳей, бу қандай ақида! —
Қўлида табаррук жом,
Гўзал форсий ҳақида
Рубоий айтди Хайём.
Эҳтиросли, оташдил
Беранже сўрди нолон:
— Наҳотки, фаранги тил
Йўқолгуси бир замон!
Неруда, Лорка турди
Сервантеснинг ёнига:
— Ким қасд этиб тиғ урди
Она тилим жонига!
Фузулий ёнди:
— Озар
Тили гулдек сўлмайди.
Барча деди баробар:
«Она тилимўлмайди».
Камалакдек ранго-ранг
Бўлсин деб санъат, тиллар,
Асрларча қилдик жанг,
Армон қилдик минг йиллар.
Беқадр бўлса, наҳот,
Тиллардаги тароват!
Йўқолди бу кун, ҳайҳот,
Қабрларда ҳаловат!
«Фауст» ёнди гуриллаб,
«Хамса» ўтга туташди.
Бир садо жаҳон бўйлаб
Таралди, тоғлар ошди.
Бу садо янграр ҳамон,
Сира адо бўлмайди.
Олам айтар:
Ҳеч қачон
Она тилим ўлмайди!

Fan oyligi munosabati bilan ona tili va adabiyot o’qituvchisi L. Rizaqulova 8-sinf o’quvchilari bilan o’tkazgan tadbir ishlanmasi

1-boshlovchi:
Saratonning quyoshidan bo’lsin salom,
Qor so’ragan tog’-toshidan bo’lsin salom,
Tanti dehqon bardoshidan bo’lsin salom,
Salom bo’lsin, oylarning eng ezgusiga
Salom bo’lsin, uning oppoq injusiga

2-boshlovchi:
Yaqin qo’shni salom degan kuz chog’I bu,
Noz-ne’matga to’lib turgan quchog’I bu,
To’y chog’I bu, rejalarning yuz chog’I bu,
Salom bo’lsin to’yni birga to’ylashganga,
Salom bo’lsin bir devordan bo’ylashganga.

1-boshlovchi:
Assalomu-alaykum davramiz ko’rkiga ko’rk bag’ishlab turgan aziz ustozlar, muhtaram mehmonlar!

2-boshlovchi:
Assalomu-alaykum qadrli do’stlar, o’quvchilar!

1-boshlovchi:
Barchangizni bugungi kunimiz uchun ham, ertangi kunimiz uchun ham mo’tabar bo’lgan elimizning ulug’ bayrami-Til bayrami bilan muborak etamiz.

2-boshlovchi:
Bugun 21-oktabr o’zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kunning 25-yilligiga bag’ishlangan bayram tadbiriga xush kelibsiz!

1-boshlovchi:
Til arslon misoli yotar qafasda
Bexabar boshini u yer nafasda

Tadbirimizni ochib berish uchun so’z maktabimiz direktori To’rayeva Dilshoda Rayimqulovnaga!

2-boshlovchi:
O’zbek tili-tillarning genalogik tasnifiga ko’ra turkiy tillar oilasining qarlug’ guruhiga mansub. Tarixan turli ilmiy manbalarda eski o’zbek tili “turkiy”, “turkcha”, “chug’atoy” tili singari nomlar bilan atalgan.
Endi tilimizning tarixiga bir nazar solaylik

1-o’quvchi:
Har bir til hozirgi darajasiga yetgunga qadar juda kata taraqqiyot bosqichini bosib o’tgan. Bundan o’zbek tili ham mustasno emas.
Hozirgi turkiy tillarning shakllanish tarixini ko’pchilik olimlar bir necha davrlarga bo’ladilar.
1. Oltoy davri
2. Eng qadimgi turk davri
3. Qadimgi turk davri
4. O’rta turk davri

O’rxun xatlariga boqing, ajoyib
Xalqim tarixidan sado bu xatlar.
Kultegin, xon Bilga o’zbegim
Shuhrat bog’idagi ulkan daraxtlar.
Qarang, mehnatlarda qavargan,
Xalqim qo’llariga o’xshaydi shakli,
Shoh Doro kuydirgan, goh arab chopgan,
Bodomday sarg’aygan, toliqqan dardli,
Ohlari samoni, falakni tutgan,
Asrlar nomidan so’zlaydi ular,
Ularning qatidan sizadi xalqi,
Kultegin boshida chekkan qayg’ular,
Urxun yozuvlari-ko’zimga ziyo,
Bobolardan qolgan tabarruk meros.

2-o’quvchi:
Qoraxoniylar davrining eng asosiy adabiy va lingvistik yodgorliklaridan biri Mahmud Koshg’ariyning Devoni-u lug’atit turk” nomli qomusiy asaridir.

Kelib ketdi necha dunyolar
Keldi hayot yig’ladi o’lim
Seni deb qurbon bo’ldi bobolar
Ular ketdi, sen qolding tilim!
Belanchaging uzra Qoshg’ariy
Kuylab o’tdi qadim navoni
Va navqiron yaproqlaringga
Dil qonini berdi Navoiy

3-o’quvchi:
Yusuf Xos Xojib XI asrda yashab, turkey tilde ijod etgan buyuk shoir hisoblanadi. Bizga Yusuf Xos Xojibning birgina “Qutadg’u bilig” asari yetib kelgan.
Tiling bekta tutgil, tishing sinmasin,
Qali chiqsa bekta, tishingni siyur.

4-o’quvchi:
Shuningdek, Xo’ja Ahmad Yassaviyning hikmatlari, Ahmad Yugnakiyning “Hibatul haqoyiq” asarlari shu davrning eng abadiy durdonalaridir.

5-o’quvchi:
O’zbek degan so’z ostida ona xalqim buyukligi mujassam
Yetti tog’-u qirlar o’sha olislarga tarqalgan
Soddaligi jam,
“O” ga qarang boshda “do’ppi” o’zbegimning xuddi o’zi
Otincha u, o’ziga bek, ulug’vor.
Ona xalqim shon-shuhrati “z” harfida ko’p asror
Shon-shuhrati samolarni tutib ketgan,
Bobolarim ifodasi “b” ga qarang,
Ajdodini nabirasi o’qir arang
Tarixlarni eslaganda bag’rim kuyuk,
Yuraklarim og’riqlardan qaqshaydi.
“q” shu boisdan ham qaddi egik,
Bobolarim qomatiga o’xshaydi.
Eng mhimi mehnatkashmiz, mehmondo’stmiz,
Rizq topamiz ona yerga urug’ sochib
Shu sababdan so’nggi harf “K” ga monand
Kimki kelsa qarshilaymiz quchoq ochib.

1-boshlovchi:
Zeriksam qalbimga quyilar qo’shiq
Azaldan hamrohim kuy ila qo’shiq
Qo’shiq kabi menga yo’q fidoiy do’st
Nurli yo’llarimga baxt tilar qo’shiq
Raqs ijro etadi 8-sinf o’quvchisi Olloqulova Zuhra

2-boshlovchi:
Xalqimiz, oan tilimizga befarq bo’lmagan o’zbek farzandi borki, bugun chuquqr iftixor va ehtirom bilan buyuk bobokalonimiz Mir Alisher Navoiyni esga oladi. O’zbek tili va adabiyotining ravnaqi uchun hech kim Navoiychalik xizmat qilmaganligini e’tirof etadi, hamda bu buyuk zotning avlodi ekanligidan faxrlanadi.
Hozirgi sahnamiz Prezidentimiz ta’biri bilan aytganda “Agar ul zotni avliyo desak, avliyolarning avliyosi, mutafakkir desak, mutafakkirlarning mutafakkiri, shoir desak, shoirlarning sultoni” bo’lgan A.Navoiy haqidagi Izzat Sulton va Uyg’unning “Navoiy” dramasidan parcha.
Guli rolida Safarova Sarvinoz
Navoiy rolida Hasanov Elbek
Sahnaga A.Navoiy siymosidagi o’quvchi chiqadi.
Ey, jondan aziz ona xalqim! Men butun umrimni va ijodimni insoniyatning baxt-saodati uchun bag’ishladim. Bor kuchimni mamlakatda tinchlik va oasoyishtalik o’rnatishga qaratdim. Ona tilimiz rivojiga o’z hissamni qo’shdim, uni himoya qildim va madh etdim. Asarlarimda maskur tilning jozibasi qanchalar qudratga ega ekanligini, boshqa tillardan kam joyi yo’qligini, aksincha uning o’ziga xos mavqeiya egaligini o’z “Muhokamat ul-lug’atayt” asarimda nazariy isbotlab, “Hamsa”da esa amalda ko’rsatib berdim.

So’z jon gulshanining muattar nasimi, hatto
Ko’ngil dengizining bebaho gavharidir.

Inson jismi bir gulshan bo’lsa, til uning xush ovoz bulbulidir.

Odam til tufayli barcha mahluqotdan afzal va til tufayli bir-biridan ustun

Til ko’ngil hazinasining qulfi, so’z uning kaliti deb bil.
Qadrli farzandlarim, ushbu hikmatlarni yodingizda tuting. Muqaddas vatanimizni, xalqimizni va albatta, sizga onadek aziz bo’lgan ona tilingizni seving, asrang, ardoqlang va uning rivojiga o’z hissangizni qo’shing.

1-boshlovchi:
Ona tilim-onajonim tili bu,
Beshikdanoq singgan jon-u quloqqa

2-boshlovchi:
El-u yurtim xonumonim tili bu
Qadimlikda o’xshar oan tuproqqa
Endi navbat donishmand va shoirlarning til haqidagi hikmatlariga.

1-o’quvchi:
Zakovat ko’rki so’z-til ko’rki so’zdir
Odamzot ko’rki yuz-yuz ko’rkii ko’zdir
Inson kim so’z aytdi, lison tufayli,
Yaxshi so’z tufayli o’zi chiroyli
Yusuf Xos Xojib
2-o’quvchi:
Turk nazmina chu tortib men alam
Ayladim ul mamlakatni yak qalam
A.Navoiy
3-o’quvchi:
Ey ona tili aziz qadrdonim
E’tiqodi ruhi, ravonim
Tug’ilgan kundan aylading ulfat
O’lguncha ayrilmam ey jonim
A.Avloniy
4-o’quvchi:
Ona tilim, sen ruhimning qanoti
Abu turk nafasi, oltoy chechagi
Xun davridan omon keldi Xiroting
Qutlug’ Enasoyning ezgu ertagi
Cho’lpon
5-o’quvchi:
Tilni mensimaslik, millatni mensimaslik, vatanni mensimaslikni ko’rsatadigan o’ta nohush Holdir.
Ozod Sharafiddinov
6-o’quvchi:
Til-so’zlochi istagini eshituvchiga yetkazuvchi tarjimondir.
Beruniy
7-o’quvchi:
Tilingni so’zlashga soz, muhayyo qil,
Tilingni o’q qil-u, aqlni yoy qil.
Abdulqosim Firdafsiy

8-o’quvchi:
Jamiki ezgu fazilatlar inson qalbiga avvalo, ona allasi, ona tilining betakror jozibasi bilan singadi”
I.Karimov
Raqs “Surxoncha”

1-boshlovchi:
Darhaqiqat hazrat A.Navoiy bobomiz o’zbek adabiyotini yuksaklarga ko’tardi. Navoiydan so’ng ushbu na’anani Bubur, so’ng XIX asr oxiri XX asr boshlarigacha Munis, Ogahiy, Muqimiy, Furqat, Zavqiy va boshqa ko’plab yozuvchilar, shoirlar ijodida izchil davom ettirdi.
XX asr boshlarida adabiy tilni xalq tiliga yaqinlashtirish a’nanasi Fitrat, Behbudiy, Avloniy, Qodiriy, Cho’lpon asarlari tilida o’z aksini topdi.

2-boshlovchi:
Lekin Sho’ro davrida olib borilgan noto’g’ri til soyosati oqibatida sobiq ittifoq hududidagi rus bo’lmagan xalqlar milliy-adabiy tillarning, jumladan, o’zbek tilining turli sohalardagi vazifa imkoniyatlari nihoyatda cheklandi.

1-boshlovchi:
Yuzaga kelgan bunday ahvol, ilg’or ziyolilar o’rtasida norozilik kayfiyatlarining tug’ilishiga, milliy g’urur, milliy iftixor hisining toptalishiga olib keldi.
Nihoyat, 1989-yil 21-oktabrda mamlakatimiz rahbari tashabusi bilan O’zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi qonuni qabul qilinib, unga o’zbek tiliga davlat tili maqomi berildi.

1-o’quvchi:
Ona tilim omon bo’l mangu
Sen borsanki, men ham o’lmayman
Tildan qolsam, seni Oybekdek,
Men ko’zlarim bilan so’ylayman.

2-o’quvchi:
Seni taxtim, seni baxtim,
Taqdirim deb tanti til
E’tiqodim amri bilan
Ta’riflashga xaqliman

3-o’quvchi:
Sirli tarix tilsimotin
Tarix qilgan tiling bor
Dovrug’ slogan donolaring
O’zbek degan eling bor.
Barcha sen g’urursan ham shrafshon o’zbekka
Bardam bo’l daryoday toshqin tilim

1-boshlovchi:
Mustaqil O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 4-moddasida “O’zbekiston Respublikasining davlat tili o’zbek tilidir. O’zbekiston Respublikasi o’z hududida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va an’analari hurmat qilinishini ta’minlaydi, ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratadi” deb bayon etilgan.

2-boshlovchi:
Prezidentimiz ta’rifi bilan aytganda, “O’zbek tili mustaqil davlatimizning bayrog’I, gerbi, madhiyasi, Konstitutsiyasi qatorida turadigan, qonun yo’li bilan himoya qilinadigan muqaddas timsollardan biriga aylandi”
Hozirgi navbatni Mamatmurodova Oyimjon ijrosidagi hazil she’rga beramiz.

Qaysi sheva adabiy
Tilimizga mos kelar
Xalq tilida qaysi biri
Juda-juda oz kelar
Qo’qonda “aqa-baqa”
Toshkentda votti-votti
Bu qanday tili o’zi
Deb o’shqiradi Sotti.
Hoy, Eshniyoz ne uchun
Pichoqni “pokki” deysan
Sen o’zingchi Mirgulshan
Tomchini “chakki” deysan
He ajab Abdurahmon
Volishni so’ri desa
Qurbonali baqrayib
Qashqirni bo’ri desa
Tosh o’rtaga qo’yib der
Mana shu oddiy paqir
Agar shu chelak bo’lsa,
Guvohlaringni chaqir

1-boshlovchi:
Ona tili maskuz tilning egasi bo’lgan xalqning tarixi, madaniyati, urf-odati, ma’naviyati hamda san’atini bilish, o’rganish vositasi hamdir.

2-boshlovchi:
Til va millat, til va xalq, til va shaxs, til va tafakkur bir-biridan ajralmas tushunchalar. Ona tili millatning ijodiy qudratini, aqliy salohiyatini doimiy ravishda qayrab turadi, bu qudrat-u salohiyatni ona tilisiz tasavvur etish mushkul.
Raqs.

1-boshlovchi:
O’z tilini asrab-avaylagan xalq, o’zligini, g’ururini asrab-avaylagan bo’ladi. Bu haqda Yurtboshimiz, “Biz ajdodlardan avlodlarga o’tib kelayotgan bebaho boylikning vorislari sifatida ona tilimizni asrab-avaylashimiz, uni boyitish, nufuzini yanada oshirish ustida doimiy ishlashimiz zarur”-deya oan tilimizning qanchalik ahamiyati buyukligini ta’kidlagan.

2-boshlovchi:
Haqiqatdan ham ona tili inson hayotida beqiyos ahamiyatga ega.
Eshqobil Shukur she’ri. Ijro etadi 8-“F” sinf o’quvchilari.
1-o’quvchi:
Hikmatlar diyori, o, ona Tilim
Jonday oqajaksan, tomirlarimda.
Sen-ko’nglim mehvari, sen-ruhim yo’li,
Har lahza gullaysan satrlarimda.

2-o’quvchi:
Agar sen bo’lmasang, qaydadir iqbol
Ajdodsan, avlodsan, vatansan, elsan.
Millatni tarixlar ichidan alhol,
Yetaklab, o’tgan sen-Onajon Tilsan

3-o’quvchi:
Olamni hijjalab o’rgatgan sensan,
Dillarga tuyg’ular olib kirgan sen
Butun bir millatning manglayin silab
Mangu ona kabi kulib turgan sen.

1-boshlovchi:
O’zbekiston hozirgi davrda ona tili rasman amalda, muomalada bo’lgan, xalqimiz va davlatimiz tomonidan himoya qilinadigan, yer-yuzidagi bir mamlakat va davlatdir.
2-boshlovchi:
21-oktabr o’zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kunning 25-yilligiga bag’ishlangan bayram tadbirimiz o’z nihoyasiga yetdi. E’tiboringiz uchun rahmat.

Aprel oyi «Musiqa, tasviriy san’at va mehnat» fanlari oyligi

«San’atimiz siymolari»

 

Tong. Hammayoq osuda jimlik. Faqat radiodan chang sadosi taraladi. Bu kuyda sevimli O‘zbekistonimizning go‘zal vodiylari, qir-adirlari-yu so‘lim bog‘lari, bepoyon paxta dalalari, go‘zal qizlari-yu sho‘x yigitlari namoyon bo‘ladi. Bu chang sasi — O‘zbekiston radiosining pozivnoyidir. Uning muallifi va ijrochisi mashhur soeanda Faxriddin Sodiqovdir.
Faxriddin Sodikov 1914 yili Toshkontniig Qoryog‘di mahallasida (xozirgi Paxtakor stadioni atrofi) hunarmand oilosida tug‘ildi. Otadan yosh yetim qolgan Faxriddinning tarbiyasi bilan akasi Shamsiddin Sodiqov shug‘ullandi. Yetti yoshlarida o‘rta maktabga boradi. Dastaaval o‘z uyida akasining dutor chalib, uncha muncha xirgoyi qilib yurishini ko‘rib Faxriddin dutor chalishni o‘rganish istagida maktabdagi musiqa to‘garagiga yoziladi. O‘tkir musiqaviy zehni bilan boshqalardan ajralib turgan bu yigitga to‘garak rahbari Nu’mon qori Mo‘minzoda o‘g‘li e’tibor bilan qaraydi. Zehni o‘tkir Faxriddinni to‘garak rahbari chang cholg‘usida ham sinamoqchi bo‘ldi. Bu niyat yaxshi natijalar bera boshladi. Faxriddin aka bizlar bilan qilgan ko‘p suhbatlarida ilk ustozlari Numoi qori Mo‘minzoda o‘g‘lini eslab shunday derdilar:

          — Birinchi ustozim Nu’mon qori Mo‘minzoda o‘g‘li o‘rta yoshlardagi, odamshavanda, gap-gashtaklarni qiziq suhbatlar bilan olib boruvchi bilag‘on kishi edi. Shuning uchun bo‘lsa kerak, katta ustozlar bilan tez til topishar va yaqin aloqada bo‘lardi. Ustozimniig xonadonlarida tez-tez yig‘inlar bo‘lar edi. Ayrim yig‘inlarga Qo‘qon, Namangan, Farg‘ona, Andijon va boshqa shaharlardan mashhur sozandalar, hofizlar kelishib, she’riyat — adabiyotga doir suhbatlar bilan birga soz chalib ashulalar aytishardi. Sozanda va xonandalar o‘rtasida o‘ziga xos ijrochilik musobaqasi bo‘lar edi. Bunday yig‘inlarga andijonlik dutorchi Muhiddin hoji Najmiddinov, naychi Abduqodir Ismoilov, qo‘shnaychi Axmadjon Umrzoqov, doirachi va changchi Usta Olim Komilov, namanganlik sozanda Usta Ro‘zimatxon Isaboyev kabi katta ustozlar qatnashar edilar. Nu’mon qori ustozniig yana bir fazilati — u kishi yaxshigina naychi, g‘ijjakchi bo‘lish bilan birga musiqa asarlarini obrazli qilib tushuntirar, ijro uslublari haqida batafsil sharh bera olar edi. Meni dutorchi Muhiddii hoji akaning dutor chalishdagi chap qo‘l texnikasini va Toshkentlik Solixon xo‘janing o‘ng ko‘l texnikasini, dutorda Usta Ro‘zimatxonning kuy frazalarini mantiqli ulay olishini, changda Matyusuf Xarratovning qo‘l yurishini o‘rganishga undar edi».

1927-1931- yillarda Faxriddin Sodiqov Toshkent milliy musiqa texnikumida tahsil oldi. Bu dargohda Farg‘ona-Toshkent maqom yo‘llarining bilimdonlari Shoraxim Shoumarovdan ashula yo‘llarini, Abdusoat Vaxobovdan maqomlarning cholg‘u yo‘llarini o‘rgandi. Farg‘ona-Toshkent vodiysining mohir ijrochilarini eshitish va ular ijro etgan asarlarni to‘g‘ri tushunish Faxriddin Sodiqovga kelgusida katta boylik bo‘lib xizmat qildi. 1931 yilda musiqali teatrga chingchi bo‘lib ishga kirdi. Bu orada Faxriddin Sodiqov changchi sozanda bo‘lib elga tanilgak edi. Teatrda ishlash yosh sozandaga dorilfunun vazifasini o‘tadi, chunki ko‘p yil Abduqodir Ismoilov nayiga chang sozlab. Ahmadjon otaning dardli ko‘shnayiga jo‘rbo‘lishniig o‘zi katta gap edi. Keyiiroq Yunus Rajabiy va Lutfixonim Sarimsoqova tashkil etgan dutorchi xotin-qizlar ansambliga sozanda bo‘lib ishga o‘tdi. Ana shu yillarda Faxriddin Sodivovning bastakorlik faoliyati boshlandi. Dutorchi xotin-qizlar ansambliga xalq yalla, laparlari va boshqa folklor janrlaridan tashqari zamonga hamroh kuy va qo‘shiqlar kerak edi. Bu imkoniyat yosh bastakorga ansambl uchun kuy, qo‘shiq, laparlar ijod etish imkonini berdi.

          Ulug‘ Vatan urushining dastlabki kunlarida filarmoniya qoshida Gavhar Rahimovaning badiiy rahbarligida va Faxriddin Sodiqovning musiqa rahbarligida front konsert brigadasi tuzildi. Front konsert brigadalariga jangchilarga yuksak ruh bag‘ishlovchi, front orqasida mehnat qilayotganlarning orzu-istaklarini ifodalovchi, g‘alabaga undovchi kuy, qo‘shiqlar, rakslar kerak edi. Konsert brigadasi repertuariga o‘zbek xalq kuy, qo‘shiq, raqslari bilan birga qardosh xalqlarning musiqa namunalari ham kiritildiki, bu tabiiy holdir. Bunday yangi ijro dasturni to‘la ijro etish uchun changni xromatik sozga xoslash zarur edi. Changni rekonstruksiya qilish ishi oldindan boshlangan bo‘lib, bu ishga sozanda ustozlar Usta Olim Komilov, Usta Ro‘zimatxon Isaboyev, Matyusuf Xarratovlar o‘z hissalarini qo‘shishgan. Faxriddin Sodiqov ustozlar tajribasiga tayanib, Toshkentlik mashhur dutorsoz usta Usmon Zufarov bilan birgalikda changni mukammalashtirdi. Undagi diatonik tovush qatorini xromatik torlar bilan boyitdi. Chunonchi tovush qatorlarini xromatik sozga moslash nafaqat kardosh xalqlar musiqa namunalarini ijro etishda, balki milliy an’anaviy musiqadagi murakkab avj qismlarini ijro etishda ham ko‘p qulayliklar yaratdi. Bu turdagi changlar hozirgi kunda ham maqomlarni ijro etishda o‘z ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q. Urush yillarida F. Sodiqov faqatgina ijrochilik bilan chegaralanmay, vatanparvarlik ruhini, g‘alabaga komil ishonchni kuylovchi “Timofeyevchilar marshi”, “G‘alaba marshi”, “Mergan Zebixon” (Boborahim Mirzayev she’ri) kabi qator marsh va qo‘shiqlar yaratdi.
          Urushdan keyingi davr F. Sodiqov ijodida unumli yillar bo‘ldi. Mashhur “Qora bayir” (Akmal Po‘lat) “Gullar vodnysi” (Turob To‘la), “Aylansin opang” (T.To‘la), “To‘yona” (M. Qoriyev) kabi qo‘shiqlarni ijod etdi. Qo‘shiqlardan tashqari Faxriddin aka xalq cholg‘u asboblari ansambllari uchun “Vatan marshi”, “Uzbek valsi” kabi zamonaviy kuylar ijod qildilar.
Bastakor 50—60-yillarda “Parishon qil” (Hamza), “Shirmonoy” (T.To‘la), “To‘y muborak” (M.Qoriyev), “Dutorim” (3.Obidov), “Ko‘rsatmag‘ay” (Bobur), “Bir go‘zal bormish” (Mirtemir), “Yor kelib” (S. Zunnunova), “Hayo” (Uyg‘un) kabi ko‘plab mashhur ko‘shiqlar yaratdi. F.Sodiqovning qo‘shiqlari ommabop, xalqchil bo‘lishiniig sababi — uning so‘z matnlarni sinchiklab tanlashida, so‘zning mohiyatiga qarab mazmunli ohang yaratishida va bu asarlarniig ijrochilari bilan astoydil ishlashidadir. Bastakorning qo‘shiq ijrochilari bilan tinimsiz mehnati, do‘stona ijodiy hamkorligi aytiladigai qo‘shiqni ijrochi tomonidan puxta egallab olinishiga va oqibatda yaxshi ijro etilishiga olib keladi. Faxriddin aka o‘zlarining chiroyli yoqimli ovozlari bilan qo‘shiq ijrochisiga asardagi musiqa bezaklarining nozik tomonlarini bo‘rttirib ko‘rsatib, ashulachi tushunishiga oson qilib berardilar. Ustozning yangi qo‘shiq ustida ishlash jarayoni o‘ziga xos bir maktab edi. Har bir parda, xar bir fraza, ayrim so‘zlarni to‘g‘ri talaffuz etish qo‘shiqchi uchun asosiy vazifa ekanligini xech erinmay, qunt bilan tushuntirar edilar. F.Sodiqovning qo‘shiq ijod etishdagi yana bir yutug‘i shunda ediki, ijrochining ovoz diapazoinga, ijro mahoratiga mos asar yozardi.
Ustoz zamon talabiga xozirjavob bastakor ekanligini ham qayd qilib o‘tish lozim. Faxriddin Sodiqov goh paxtakorlar, goh ziyolilar va boshqa sohalarda mehnat kishilarining yutuqlarini tarannum qiluvchi qo‘shiqlarni o‘z vaqtida ijod qilganligi buning yaqqol dalilidir.
          1972 yilda Toshkent Davlat Konservatoriyasida Sharq musiqa xafedrasi ochildi. Uning oldida turgan vazifalardan biri o‘zbek xalq cholg‘u asboblari fakultetida ta’lim olayotgan talabalarga og‘zaki ananadagi professional musiqaning, maqomlarning nazariy va amaliy ijrosini o‘rgatish edi. Bu murakkab va xayrli ishga maqomchilikda katta bilimga ega bo‘lgan ustozlar qatori Faxriddin Sodiqov ham taklif qilindi. Faxriddin aka talabalar maqom ansamblining rahbari va chang, dutor sinfi o‘qituvchisi vazifasida ish boshladi. Ustozlik faoliyat, radioning maqom ansamblida musiqa rahbari bo‘lib ishlash jarayonida orttirgan boy tajriba va bilimlari konservatoriyadagi murabbiylik ishlariga katta yordam berdi. Bir voqeani hali-hali eslayman: o‘zbex xalq cholg‘u asboblari fakultutida o‘qitiladigai dutorda (qayta ishlangan alt dutorida) o‘zimchalik ayrim muvaffaqiyatlarga erishgandek edim. Lekin azaliy xalq dutorida ustozim bilan bo‘lgan birinchi darsda bu sozning murakkab, mazmunli, dardli yo‘llarini ko‘rib hangu-mang bo‘lib qoldim. Chunki men va men kabi yosh ijrochilar dutorga faqat sho‘x, xilma-xil o‘ng qo‘l zarblariga boy xalq kuylari mos degan fikrda edik. Darsda ustoz mendan biron kuyii ijro etishimni so‘radilar. O‘zimning oldingi fikrim bilan qancha tempi tez bo‘lsa, shuncha yaxshi deganday qilib “Rohat”ni ijro etdim. “Juda yaxshi” degan xitob bilan Faxriddin aka dutorni qo‘lga olib, (hayron bo‘lib qarab turibman, chunki u kishi mashhur changchiku, degan fikrdaman) “Rohat”ning boshqacha yo‘li ham bor, bir eshiting-a” deb ijroni boshladilar. Juda yoqimlik, mayin, nafosatga to‘la kuy chalinyapti. Hozir eslasam, ustozning dutor imkoniyatlaridan keng foydalana olishlari xalq musiqasidagi boy musiqa bezaklari: “nola nolish”, “qochirim”, “kashish”, “nolish”, turli o‘ng qo‘l zarblari, “tanovar”, zarbi “pirrang”, “qo‘sh zarb”larni ustalik bilan o‘z o‘rnida ishlata olishlarida ekan. Faxriddin aka “Rohat”ni ijro etib bo‘lgach, “Hali sekin-sekin bularni O‘rganamiz” dedilar.

Ma’lumki, “Shashmaqom” mushkulot qismlarining garchi nota yozuvlari bo‘lsa ham, O‘zbekiston radiosining maqomchilar ansambli ijrosiga mansub “Tasnifi rost”, “Garduni segoh”, “Muhammasi ushshoq”, “Muxammasi bayot”lardan tashqari, jonli ijrosi uchramas edi. Ustoz mana shu mushkulot qismlarini talabalarga har taraflama puxta o‘rgatishga harakat qilar edilar. Yaxshi niyat bilan boshlangan ish o‘z samaralarini bera boshladi. Olmaota shahrida 1973 yili bo‘lib o‘tgan III “Osiyo minbari” xalqaro musiqashunoslik forumida Osiyo mamlakatlaridan yuborilgan 220 dan ortiq asardan 19 tasiga yuqori baho berildi. Bular orasida F. Sodiqov rahbarlik qilgan maqomchi talabalar ansambli ijro etgan “Tarjei Buzruk” ham bor. “Tarjei buzruk” butun dunyo mamlakatlarining radio eshittirish koorperatsiyalariga yuksak saviyadagi ijro sifatida yuborildi. Kezi kelganda, qo‘shiqchilix san’atida o‘ziga xos o‘rin egallagan O‘zbekiston SSR xalq artistlari Kommuna Ismoilova, Orif Alimaxsumov, O‘zbekiston SSRda xizmat ko‘rsatgan artist Xadya Yusupova, Buxoro musiqa bilim yurtining o‘qituvchisi, birinchi respublika maqomchilar tanlovining g‘olibi gijjakchi O‘lmasxon Rasulov, Xorazm filarmoniyasining solisti, qo‘shnaychi Yo‘ldoshvoy Tojiyev, O‘zbskiston radiosining solisti, Respublikado xizmat ko‘rsatgan artist Abduhoshim Ismoilov, changchi sozandalar Turg‘un Otaboyev, Abdurahmon Xoltojiyev kabi ajoyib shogirdlar ijodida ustozniig ruhi, san’ati hamon yashayotganini ham alohida takidlash joizdir.

Abdurahim Hamidov
1984(?)-yil, Jurnaldan

Faxriddin Sodiqov asarlaridan namunalar (mp3 formatida)
Bir go`zal
Bo`l menga mahbub
Dasta gul
Durdonaman
Ey chehrasi tobonim
Favvora
Ishq
Jonim tasadduq
O`zbek valsi
O`rgilay
Qora ko`z
Savti miskin
So`lim bahor
Visol
Xumor
Yor bilib

 

 

Mart oyi «Fizika, kimyo, biologiya, jismoniy tarbiya» fanlari oyligi

                                                               T a s d i q l a y m a n

 

                                       O’TIBDO’___________O.Xolpo’latova   

 

Sinf: 4                                                              O’qituvchi:               M.Muzafarov

Sana:  09.03.2017

 

Mavzu: Yakkacho’p ustida muvozanat saqlab yurish.

 

                                    Darsning maqsadi:

  1. Ta’limiy: O’quvchilarga mavzu haqida tushuncha berish va o’rgatish.
  2. Tarbiyaviy: O’quvchilarni epchillik va chaqqonlik jismoniy sifatlarini oshirib borishga ko’maklashish.
  3. Rivojlantiruvchi: O’quvchilarning jismoniy tarbiya va sportga bo’lgan qiziqishlarini rivojlantirib borish.

 

Dars turi: Yangi bilimlarni o’zlashtirish

Darsning uslubi: Amaliy

Darsning jihozi: Yakkacho’p,mat, hushtak.

Darsning borishi

Darsning mavzusi va undan kutilayotgan natijalar ma’lum qilinadi. Dars o’tkazish rejasi bilan tanishtiriladi.

 

Dars rajasi:

  • Yangi mavzu bilan tanishtirish
2       O’tilgan mavzuni takrorlash
  • Umum rivojlantiruvchi mashqlar.
  • Yangi mavzuning bayoni.

5  Darsning asosiy qismi.

6  Darsning mustahkamlash.

7  Darsning yakuni.

Tashkiliy qism

O’quvchilar bilan salomlashish bilan bir vaqtda o’quvchilarning darsga tayyorgarligini, sport formasini, ruhiy holatini nazorat qilinadi. O’quvchilarning davomati bilan tanishib chiqiladi.

O’tilgan mavzuni takrorlash:

O’tilgan mavzuni takrorlash maqsadida o’quvchilarni olgan bilimlarini nazorat qilish maqsadida nazariy savollar berdi.

1.Umumiy rivojlantiruvchi mashqlar nima?

2.Gimnastika nima va necha turga bo’linadi?

3.Arqonga tirmashib chiqishni turlari necha xil?

Savollarga javob

1.Boshimizda to oyoq uchimizgacha bajariladigan barcha mashqlarga aytiladi.

  1. Yunonchadan olingan bo’lib “Yalong’och”degan ma’noni bildiradiGimnastika 2 turga bo’linadi.Badiiy va sport.
  2. 3 xil.

 Umum rivojlantiruvchi mashqlar

 

T/r Mashqlarning bajarilishi miqdori Metodik ko’rsatma
1. D/h oyoqlar yelka kenligida qo’llar belda boshni o’ngdan chapga, chapdan o’nga aylantiramiz.

1-2 o’ngga

3-4 chapga

6-8 marta Gavdaning to’g’riligiga e’tibor berishimiz kerak.
2 D/h Oyoqlar yelka kengligida, bir qo’llar oldinga, ikki yuqoriga, uch yongga, to’rt pastga. 8-10 marta Gavda va qo’lning to’g’riligiga e’tibor berishimz kerak.
3 D/h Oyoqlar yelka kengligida, o’ng qo’l yuqorida, chap qo’l pasta, 1-2 qo’llarni oldinga orqaga

3-4 qo’llarni almashtiramiz va oldinga orqaga mashqni davom ettiramiz

6-8 marta Gavda tik holatda qo’llar tirsakdan bukulmasligiga e’tibor berishimiz kerak.
4 D/h Oyoqlar yelka kengligida qo’llar yelkada, 1-2 yelkani oldinga aylantiramiz 3-4 orqaga. 5-6 marta Yelkaning to’gri aylantirishiga e’tibor beramiz
5 D/h Oyoqlar yelka kengligida qo’llar belda, belni 1-2 o’ng tomonga, 3-4 chap tomonga aylantiramiz 6-8 matra Belni to’liq aylantirishiga e’tibor qilish lozim.
6 D/h Oyoqlar yelka kengligidan kengroq bo’lgan holatda, o’ng qo’lni chap oyoqga, chap qo’lni o’ng oyoqga etamiz. 8-10 marta Bel bukulgan qo’lning to’griligiga e’tibor beramiz.
7 D/h Oyoqlar yarim shipagat holatda qo’llar oldinda bir o’ng oyoqga o’tiramiz, ikki belga turamiz, uch chap oyoqga, to’rt belga. 6-8 marta Har bir o’tirib turganda oyoqlarning tizzadan bukulmasligiga e’tibor beramiz.
8 D/h Oyoqlar yelka kengligida qo’llar oldinda ikkila oyoqda o’tirib turish. 10-15 marta Gavdaning to’g’riligiga e’tibor berishimiz kerak.
9 D/h O’ng oyoqda, chap oyoqda   va ikkila oyoqda yuqoriga sakrash. 10-10

15-20 marta

Yuqoriga sakrashiga e’tibor berish kerak.

                                           Darsning asosiy qismi:

 

Estafetali yugurishda  o’quvchilar ikki guruhga bo’linadi va to’rt burchak shaklidagi maydonda o’ynaladi.Estafeta tayoqchasini o’quvchilar o’z sheriklariga yetkazib berishadi .Bunda ko’proq epchillik va chaqqonlik jismoniy sifatlari talab etiladi.Estafeta tayoqchasini o’ng qo’l bilan uzatib chap qo’l bilan qabul qilinadi.O’yin aylanma usulida shu tarzda davom etadi.

 

 

 

Yangi mavzuni mustahkamlash: Ajratilgan ikki kichik guruh o’rtasida Estafetali yugurishni amalda bajariladi.

 

Yakuniy qism O’quvchilarning qayta bir qatorga saflab nafas rostlovchi mashqlarni bajaramiz. O’quvchilarning yutuq va kamchiliklarini aytib,o’quvchilarni baholaymiz va xayrlashamiz.O’quvchilar maydondan saf tortib chiqib ketishadi.

 

 

 

Fevral «Matematika va informatika» fan oyligi

1

 

Комментирование закрыто.