DARS ISHLANMALAR
Sana: “25”. 11. 2015-yil
Sinf: 5-“A”
Fan: Matematika
Mavzu: Sonning darajasi. Sonning kvadrati va kubi.
Maqsad va vazifalar
Ta’limiy maqsad:O’quvchilarga mavzu haqida to’liq bilim va ko’nikma berish
Tarbiyaviy maqsad: o’quvchilarni o’z bilim va zakovati doirasida Vatanimiz ravnaqida munosib hissa qo’shishga intilishlariga yo’naltirish.
Rivojlantiruvchi maqsad: Mustaqil fikrlash qobiliyatini o’stirish
_______________________________________________________
Mashg’ulot bosqichlari
Bosqichlar Mazmuni Vaqti
1-bosqich.
Tashkiliy qism Salomlashish. O’quvchilarning daraga tayyorgarligi, sinfda psixologik muhit yaratish.
5 daqiqa
2-bosqich.
O’tilgan mavzuni so’rash va mustahkamlash O’tilgan mavzu yuzasidan savol-javob, o’tilgan mavzuni mustahkamlash, hamda uyga vazifa bajarilganligini tekshirish.
10
daqiqa
3-bosqich.
Yangi mavzu
bayoni Yangi mavzuning mazmuni tushuntiriladi. O’quvchilarda yangi mavzu haqida bilim, ko’nikma va malakalar hosil qilinadi.
15 daqiqa
4-bosqich.
Yangi mavzuni
mustahkamlash O’quvchilarning egallagan bilim, ko’nikma va malakalari misol va masalalar yechish, hamda savol javob orqali aniqlanadi. O’quvchilar rag’batlantiriladi.
5 daqiqa
5-bosqich.
Darsni yakunlash,
O’quvchilarni baholash va uyga
vazifa berish Baholarni e’lon qilish, uyga vazifani tushuntirish. O’quvchilar bilan xayrlashish.
5
daqiqa
Darsning uslubi: savol –javob, klaster usuli, guruh bo’lib ishlash
Darsning tipi: Yangi bilimlar hosil qilish
Darsning jihozi: Darslik, savol varaqalari, videoproyektop, slaydlar
Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism: a) salomlashish, suhbat:
Shior: Matematika fanlar ichra shoh
Uning sirlaridan bo’lingiz ogoh
b) psixologik iqlim yaratish; c) davomatni aniqlash
II. O’tilgan mavzuni mustahkamlash:1) Noyabr oyi qaysi fan oyligi?
2) 5-sinf matematika kitobining muallifi kim?
3) I-II-guruh o’quvchilari “Natural sonlar”ni klasterlarga ajratadilar
4) Matematika tarixiga nazar solamiz. Fanga o’z hissasini qo’shgan olimlarimizdan kimlarni bilasiz va olim haqida qanday ma’lumotlar bera olasiz?
III. Yangi mavzu bayoni:
Bir-biriga teng ko’paytuvchilar ko’paytmasi maxsus belgilash orqali qisqaroq yoziladi, ya’ni 3*3*3*3* o’rniga 35 kabi yoziladi va “3 ning 5-darajasi” deb o’qiladi.
Bu yozuvda 3-daraja asosi, 5- daraja ko’rsatkichi deb ataladi. 35 daraja ifodaning o’zi esa daraja deb yuritiladi.
3*3 ko’paytma 3 ning kvadrati deyiladi va 32tarzida belgilaniladi.
4*4*4* ko’paytma 43ning kubi deb ataladi va 43tarzida belgilanadi.
A ning a ga ko’paytmasi a ning kvadrati deb ataladi va a2ko’rinishida belgilanadi.
Demak,a2=a*a
a*a*a* ko’paytmaga a sonning kubi deb ataladi va a3ko’rinishida belgilanadi.
Quyida 1 dan 10 gacha bo’lgan natural sonlar kvadrati jadvali berilgan:
n 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10
n2 1 4 9 16 25 36 49 64 81 100
Quyida 1 dan 10 gacha bo’lgan natural sonlar kubi jadvali berilgan:
n 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10
n3 1 8 27 64 125 216 343 512 729 1000
Sonning birinchi darajasi shu sonning o’ziga teng deb olinadi.:81=8, 131=13, 11=1. Odatda, 1- daraja ko’rsatkichi yozilmaydi.
Agar ifodada darajalar ham qatnashgan bo’lsa, oldin darajalar qiymatlari topiladi.So’ng boshqa amallarni bajarishga kirishiladi.
402- misol.
a) 8*8*8*8*8*8*8*8=88
e) 5*5*5*5*5=55
b) 24*24*24*24=244
f)13*13*13*13=134
d) x*x*x*x*x=x5
g) m*m*m*m=m4
404-misol
a) 32*11=9*11=99
b) 5+62=5+36=41
f) (7+1)3=512
d) (3+5)2=82=64
g) (8-5)3: (8-5)=9
h) 63-16=80
e) (73-33):(7-3)=312
i) (92-26):17+42=17
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash:
Daraja ko’rinishida tasvirlang?
1)
2)
V. O’quvchilarni baholash:
VI. Uyga vazifa berish:
417- misol
a) 3*3*3*3*3*3=36 b)32*32*32*32*32*32*32=327
d) d*d*d*d*d*d=d6 e) (x+y) (x+y) (x+y) (x+y)= (x+y)4
O’IBDO’: _______________ O.Xolpo’latova . “24” 11. 2015-yil
_________________________________________________________________________________
Оставить комментарий