14-yanvar Vatan himoyachilari kuni 20-umumiy o’rta ta’lim maktabida ko’tarinki ruhda nishonlandi.

TADBIR ISHLANMASI

1-boshlovchi

Vatan deya kim qadam tashlar

Demak ezgu ishlarni boshlar

Qo`lni-qo`lga bering ey Yoshlar

Qalbdan deylik birga barimiz

Biz buyuk Yurt farzandlarimiz

2-boshlovchi

Bobolari polvondir azal  Momolari paridan go`zal

Shu yurt uchun bitaylik g`azal

Qalbdan deylik birga barimiz   Biz buyuk yurt farzandlarimiz

1-bosh   Assalomu alaykum qadrli mehmonlar va ota-onalar

2-bosh   Assalomu alaykum buguni charog`on kelajagi nurofshon o`quvchilar

1-bosh   Shu o`quvchilarni tarbiyalash yo`lida ko`z nurini   va qalb qurini atagan ustozlar

2-bosh  Mana 26-yildirki Vatanimiz tinchligi sarhadlarimiz dahlsizligi  to`liq taminlangan. Bu yo`lda mustahkam qalqon bo`la olgan jasorat sohiblarining  o`rni beqiyosdir

1-bosh  Shu munosabat bilan  ,,MILLIY ARMIYAMIZ YOSHLARNING MATONAT VA JASORAT MAKTABIDIR’’ shiori ostida ,,MEN VATANGA TAYANCHMAN’’mavzusida o`tkazilayotgan tadbirimizni ochiq deb e’lon qilamiz

2-bosh  Yurtdoshim haykalni aylab ziyorat

Vatanni qalbinga jo qilgin sen ham

Jasurlik matonat maktabi  bo`lib

Ruhingni mardlikka o`rgatgil sen ham

1-bosh   Ushbu so`zlarni baralla ta`kidlayotgan maktabimizning 9 chi va 10-sinf yigitlari o`zlarini mardlik maydonida sinashmoqchi

2-bosh   Gapda chechan  har sohada ishchan bo`lgan 9-sinf ,,SHUNQORLAR’’ jamoasini taklif qilamiz     (9-sinf yigitlari chiqib kelishadi)

1-bosh   Maktabimiz tayanchi  ustozlarning suyanchi bo`lgan  10-sinfning ,,SHOVVOZLAR’’ jamoasini ham taklif etamiz

(10-sinf yigitlari kirib kelishadi)

2-bosh  Shartlarni ham tanishtirib  o`tsak

1-bosh  1shart-O`zini tanishtirish

2shart-Turnikda tortilish

3-shart-Tugma qadash (3-daqiqa vaqt)

4shart-Arg`amchida sakrash

5shart-Arqon tortish

6shart-Erkin mavzu

7shart-Sardorlar bellashuvi (askar maktubi)

2-bosh  Ana endi ushbu shertlarni baholab borishlari  u-n hakamlarni ham tanishtirib o`tsak

1-bosh   Ustoz  Norqulov , Ustoz Amonova, Yoqib aka Hamroyev

2-bosh   Ishtirokchilarga omad tilagan holda 1-shartni boshlaymiz

1-bosh    Tandirli uylari bor Dil tortar kuylari bor

Bag`ri keng bu xalqimning  Shunday o`g`lonlari bor

(Guruhlar tayyorlagan chiqishlari orqali o`zlarini tanishtirishadi

Shu tariqa  har bir  shart namoyish etilib hakamlar  tomonidan  baholab boriladi)

Оставить комментарий