- Дата: 27 мая, 2017
- АВтор: nafis20m
- Категория: Yangiliklar
25- may “Xayr maktab- salom kollej” tadbir ishlanmasi.
Assalom, ey ahli donishlar salom.Mehri ummon qalbi quyoshlarlar salom , Aziz ustozlarim salom assalom.
Assalomu aleykum, mehri daryo ustozlar, mehribon murabbiylar hurmatli aka- opalar, bugungi “Xayr maktab – salom kollej” mavzusidagi “So`nggi qo`ng`iroq” tadbiriga tashrif buyurgan aziz ota – onalar, mehmonlar, maktabdosh do`stlar.
Keling bugungi tantanali tadbirimizning asosiy sababchilari bo`lgan 9- sinf o`quvchilarini davraga taklif etib kutib olaylik.
Kecha jajji eding, yetding voyaga
Bugun intilayapsan cho`qqi qoyaga
Bitiruvchi sinflar sizdir bebeho
Davramiz kutmoqda keling marhamat.
“Qo`ng`iroq” qo`shig`i asosida o’quvchilar davraga tashrif buyuradilar
Qo’shiq Assalom Qayumova,Nurullayeva, G’ofurova, Tolipova
Assalom she’ri Sharipova, Boboqulova,Rahmatova
Vatan topilmas yakka yu yagona
Vatan bu bebaho qimmat durdona.
Shu yurtga sodiq bo’l sotmagin uni ,
Har cho`pchak cho`pchagin otmagin uni
Asraylik bir chimdim tuprog`ini ham
Bir tomchi yomg`iri yurakka malham
Tinchlikka beqaror bo`lsa yer yuzi
Shunda vatan bizdan bo`ladi rozi.
Davraga O`zbekiston bayrog`I olib kirilsin. So`z maktab direktori: Sh. Rizaqulova.
Har bir inson hayotining eng sof beg`ubor
Qaytarilmas onlari kechar bag`ringda
Umr o`tgan sari seni eslab necha bor
Qutlaymiz qaytmoqlikni yana bag`ringga
Sen shunday muqaddas aziz maskanim
Ezgulik yo`llari ungan maktabim.
-
She’r “Maktab” G`afurova Zayvab, Fayziyeva , Samadullayeva, Tursinova, Qayumova
-
Raqs: “Sohibqironim” Ismatullayeva
Biz ulug` O`zbekning navqiron avlodimiz. Mana shunday avlod bo’lib voyaga yetayotganimizga vat inch zamonda yashashimizga fidokorona mehnatlari singari birinchi Prezidentimiz I.A.Karimovdan bir umr qarzdormiz. Va shunday deya va’da beramiz. Eng buyuk, eng muqaddas vazifamiz xalqimiz istiqbolini ko`z qorachig`iday asraymiz, uning xavfsizligini ta’minlaymiz.
-
Islom Karimovga
-
She`r
-
Raqs: Parizod qizlar ijrosida
Mana shu maktabga kelganimizda ilk bor qo`limizdan tutgan birinchi ustozimiz, hamda to`qqiz yil bizga ta’lim tarbiya bergan aziz ustozlarga bir umr ta’zimdamiz.
Yurak so`zim tinglar mehribon ustoz
Sha’ningizga ezgu so`z aytsam bo`lar tez.
Lekin qalb mulkidan men sizga loyiq.
Otash so`z topolmam ey aziz ustoz.
-
She`r Oddiy muallim
-
Raqs Nahotki
-
She’r “Ustoz” Tursinova, Ikromova
Men ilk bor maktabga qo`yganda qadam
Ilk bor alifbodan olganda ta’lim
Menga olam aro yuz ochgan olim
Siz ustozlarimga qilaman ta’zim.
-
She’r “Ustozlar” Adizov, Tolipova, Rahmatova
-
Raqs “Biz siz uchun kuylaymiz”
Izimga to`shalsa iqboldan gilam
Talpinib tursada qaygadir dilim
Hayotda bir umr ko`zda yosh bilan
Seni sog`inaman sinfdoshlarim
-
“Raqs” “Yuragim”
-
Qo`shiq: “Vatanim” Rahmatova N.
Hayotning beg`ubor go`zal onlari,
Bir bora qaytib kelmassan.
Sen eding umrining go`zal davoni
Sinfdoshlik yillari unutmam seni
Hali yo’lim olis hayot hali bor
Hali dunyodan ko`p mening qarzim.
To tirik ekenman takror va takror,
Siz ustozlarimga qilarman ta’zim.
— She’r. “Ustozlarga tashakkur” Toshqulova, Tolipova, Saydullayev, Toshnazarov.
Maktab bo`laligi o`tibdi tezroq
Jaranglaydi jarangdor “So`nggi qo`ng`iroq”
Xayrlashuv fursati kelyapti biroq
Xayr endi sho`xlik beg`ubor maktab.
Qo`shiq: “So`nggi qo`ng`iroq” (Sinf jamoasi)
Tilagimiz maktabdan emas ketmoq
Orzuyimiz yodingizda abadiy qolmoq
Maqsadimiz sizga o`xshash do`stlar orttirmoq
Xayr endi sinfdosh beg`ubor maktab.
E’tiboringiz uchun rahmat!
Оставить комментарий