14-yanvar Vatan himoyachilari kuni 20-umumiy o’rta ta’lim maktabida ko’tarinki ruhda nishonlandi.
TADBIR ISHLANMASI
1-boshlovchi
Vatan deya kim qadam tashlar
Demak ezgu ishlarni boshlar
Qo`lni-qo`lga bering ey Yoshlar
Qalbdan deylik birga barimiz
Biz buyuk Yurt farzandlarimiz
2-boshlovchi
Bobolari polvondir azal Momolari paridan go`zal
Shu yurt uchun bitaylik g`azal
Qalbdan deylik birga barimiz Biz buyuk yurt farzandlarimiz
1-bosh Assalomu alaykum qadrli mehmonlar va ota-onalar
2-bosh Assalomu alaykum buguni charog`on kelajagi nurofshon o`quvchilar
1-bosh Shu o`quvchilarni tarbiyalash yo`lida ko`z nurini va qalb qurini atagan ustozlar
2-bosh Mana 26-yildirki Vatanimiz tinchligi sarhadlarimiz dahlsizligi to`liq taminlangan. Bu yo`lda mustahkam qalqon bo`la olgan jasorat sohiblarining o`rni beqiyosdir
1-bosh Shu munosabat bilan ,,MILLIY ARMIYAMIZ YOSHLARNING MATONAT VA JASORAT MAKTABIDIR’’ shiori ostida ,,MEN VATANGA TAYANCHMAN’’mavzusida o`tkazilayotgan tadbirimizni ochiq deb e’lon qilamiz
2-bosh Yurtdoshim haykalni aylab ziyorat
Vatanni qalbinga jo qilgin sen ham
Jasurlik matonat maktabi bo`lib
Ruhingni mardlikka o`rgatgil sen ham
1-bosh Ushbu so`zlarni baralla ta`kidlayotgan maktabimizning 9 chi va 10-sinf yigitlari o`zlarini mardlik maydonida sinashmoqchi
2-bosh Gapda chechan har sohada ishchan bo`lgan 9-sinf ,,SHUNQORLAR’’ jamoasini taklif qilamiz (9-sinf yigitlari chiqib kelishadi)
1-bosh Maktabimiz tayanchi ustozlarning suyanchi bo`lgan 10-sinfning ,,SHOVVOZLAR’’ jamoasini ham taklif etamiz
(10-sinf yigitlari kirib kelishadi)
2-bosh Shartlarni ham tanishtirib o`tsak
1-bosh 1shart-O`zini tanishtirish
2shart-Turnikda tortilish
3-shart-Tugma qadash (3-daqiqa vaqt)
4shart-Arg`amchida sakrash
5shart-Arqon tortish
6shart-Erkin mavzu
7shart-Sardorlar bellashuvi (askar maktubi)
2-bosh Ana endi ushbu shertlarni baholab borishlari u-n hakamlarni ham tanishtirib o`tsak
1-bosh Ustoz Norqulov , Ustoz Amonova, Yoqib aka Hamroyev
2-bosh Ishtirokchilarga omad tilagan holda 1-shartni boshlaymiz
1-bosh Tandirli uylari bor Dil tortar kuylari bor
Bag`ri keng bu xalqimning Shunday o`g`lonlari bor
(Guruhlar tayyorlagan chiqishlari orqali o`zlarini tanishtirishadi
Shu tariqa har bir shart namoyish etilib hakamlar tomonidan baholab boriladi)