14-yanvar Vatan himoyachilari kuni 20-umumiy o’rta ta’lim maktabida ko’tarinki ruhda nishonlandi.

TADBIR ISHLANMASI

1-boshlovchi

Vatan deya kim qadam tashlar

Demak ezgu ishlarni boshlar

Qo`lni-qo`lga bering ey Yoshlar

Qalbdan deylik birga barimiz

Biz buyuk Yurt farzandlarimiz

2-boshlovchi

Bobolari polvondir azal  Momolari paridan go`zal

Shu yurt uchun bitaylik g`azal

Qalbdan deylik birga barimiz   Biz buyuk yurt farzandlarimiz

1-bosh   Assalomu alaykum qadrli mehmonlar va ota-onalar

2-bosh   Assalomu alaykum buguni charog`on kelajagi nurofshon o`quvchilar

1-bosh   Shu o`quvchilarni tarbiyalash yo`lida ko`z nurini   va qalb qurini atagan ustozlar

2-bosh  Mana 26-yildirki Vatanimiz tinchligi sarhadlarimiz dahlsizligi  to`liq taminlangan. Bu yo`lda mustahkam qalqon bo`la olgan jasorat sohiblarining  o`rni beqiyosdir

1-bosh  Shu munosabat bilan  ,,MILLIY ARMIYAMIZ YOSHLARNING MATONAT VA JASORAT MAKTABIDIR’’ shiori ostida ,,MEN VATANGA TAYANCHMAN’’mavzusida o`tkazilayotgan tadbirimizni ochiq deb e’lon qilamiz

2-bosh  Yurtdoshim haykalni aylab ziyorat

Vatanni qalbinga jo qilgin sen ham

Jasurlik matonat maktabi  bo`lib

Ruhingni mardlikka o`rgatgil sen ham

1-bosh   Ushbu so`zlarni baralla ta`kidlayotgan maktabimizning 9 chi va 10-sinf yigitlari o`zlarini mardlik maydonida sinashmoqchi

2-bosh   Gapda chechan  har sohada ishchan bo`lgan 9-sinf ,,SHUNQORLAR’’ jamoasini taklif qilamiz     (9-sinf yigitlari chiqib kelishadi)

1-bosh   Maktabimiz tayanchi  ustozlarning suyanchi bo`lgan  10-sinfning ,,SHOVVOZLAR’’ jamoasini ham taklif etamiz

(10-sinf yigitlari kirib kelishadi)

2-bosh  Shartlarni ham tanishtirib  o`tsak

1-bosh  1shart-O`zini tanishtirish

2shart-Turnikda tortilish

3-shart-Tugma qadash (3-daqiqa vaqt)

4shart-Arg`amchida sakrash

5shart-Arqon tortish

6shart-Erkin mavzu

7shart-Sardorlar bellashuvi (askar maktubi)

2-bosh  Ana endi ushbu shertlarni baholab borishlari  u-n hakamlarni ham tanishtirib o`tsak

1-bosh   Ustoz  Norqulov , Ustoz Amonova, Yoqib aka Hamroyev

2-bosh   Ishtirokchilarga omad tilagan holda 1-shartni boshlaymiz

1-bosh    Tandirli uylari bor Dil tortar kuylari bor

Bag`ri keng bu xalqimning  Shunday o`g`lonlari bor

(Guruhlar tayyorlagan chiqishlari orqali o`zlarini tanishtirishadi

Shu tariqa  har bir  shart namoyish etilib hakamlar  tomonidan  baholab boriladi)

Нет комментариев

20-maktabda «Zukko abutirent» zakovat klubi

 20-umumiy o’rta ta’lim maktabida «Zukko abutirent» zakovat klubi o’z faoliyatini boshladi. 20160226_122045

Нет комментариев

«Xayr maktab salom kollej» 20-umumiy o’rta ta’lim maktabida tantanali o’tkazildi

25- may  “Xayr  maktab-  salom  kollej”   tadbir  ishlanmasi.

Assalom, ey  ahli donishlar salom.Mehri ummon qalbi  quyoshlarlar  salom , Aziz ustozlarim salom assalom.

Assalomu  aleykum, mehri daryo ustozlar, mehribon murabbiylar hurmatli aka- opalar, bugungi  “Xayr  maktab – salom kollej”  mavzusidagi  “So`nggi qo`ng`iroq” tadbiriga  tashrif  buyurgan  aziz ota – onalar, mehmonlar,  maktabdosh  do`stlar.

            Keling  bugungi  tantanali tadbirimizning  asosiy  sababchilari  bo`lgan  9- sinf o`quvchilarini davraga  taklif etib kutib   olaylik. 

Kecha  jajji  eding, yetding voyaga

Bugun intilayapsan  cho`qqi qoyaga

Bitiruvchi  sinflar sizdir bebeho

Davramiz kutmoqda  keling  marhamat.

“Qo`ng`iroq” qo`shig`i  asosida  o’quvchilar davraga tashrif buyuradilar

Qo’shiq  Assalom Qayumova,Nurullayeva, G’ofurova, Tolipova

Assalom she’ri Sharipova, Boboqulova,Rahmatova

Vatan topilmas yakka yu yagona

Vatan bu bebaho qimmat durdona.

 Shu yurtga sodiq bo’l sotmagin  uni ,

 Har  cho`pchak cho`pchagin  otmagin  uni

Asraylik bir  chimdim  tuprog`ini  ham

 Bir  tomchi  yomg`iri  yurakka malham

Tinchlikka beqaror bo`lsa yer yuzi

Shunda  vatan bizdan bo`ladi  rozi.

Davraga O`zbekiston bayrog`I  olib  kirilsin. So`z  maktab direktori: Sh. Rizaqulova.

Har  bir inson  hayotining  eng sof  beg`ubor

Qaytarilmas onlari kechar bag`ringda

Umr o`tgan sari  seni eslab  necha bor

Qutlaymiz qaytmoqlikni   yana bag`ringga

 Sen shunday muqaddas aziz maskanim

Ezgulik yo`llari ungan  maktabim.

  • She’r “Maktab” G`afurova  Zayvab, Fayziyeva , Samadullayeva, Tursinova, Qayumova

  • Raqs: “Sohibqironim”  Ismatullayeva 

Biz ulug` O`zbekning navqiron  avlodimiz. Mana shunday avlod  bo’lib voyaga  yetayotganimizga  vat inch  zamonda yashashimizga fidokorona  mehnatlari singari  birinchi  Prezidentimiz I.A.Karimovdan bir  umr  qarzdormiz.  Va shunday  deya va’da beramiz. Eng  buyuk, eng  muqaddas vazifamiz  xalqimiz  istiqbolini  ko`z  qorachig`iday asraymiz, uning  xavfsizligini ta’minlaymiz.

  • Islom Karimovga 

  • She`r

  • Raqs: Parizod qizlar  ijrosida

Mana  shu maktabga  kelganimizda ilk  bor  qo`limizdan tutgan birinchi  ustozimiz, hamda to`qqiz  yil  bizga ta’lim tarbiya bergan  aziz ustozlarga bir umr ta’zimdamiz.

Yurak  so`zim  tinglar mehribon  ustoz

Sha’ningizga ezgu so`z  aytsam bo`lar  tez.

Lekin qalb  mulkidan  men  sizga  loyiq.

Otash  so`z  topolmam ey  aziz  ustoz.

  • She`r Oddiy  muallim

  • Raqs Nahotki

  • She’r “Ustoz” Tursinova,  Ikromova

Men  ilk  bor maktabga   qo`yganda qadam  

Ilk  bor alifbodan olganda  ta’lim

Menga olam aro yuz  ochgan  olim

Siz ustozlarimga qilaman  ta’zim.

  • She’r “Ustozlar” Adizov, Tolipova, Rahmatova

  • Raqs “Biz siz uchun kuylaymiz”

Izimga to`shalsa iqboldan gilam

Talpinib tursada qaygadir dilim

Hayotda bir  umr  ko`zda yosh  bilan

Seni  sog`inaman  sinfdoshlarim

  • “Raqs” “Yuragim”

  • Qo`shiq: “Vatanim”   Rahmatova N.

Hayotning  beg`ubor go`zal  onlari,

Bir  bora qaytib  kelmassan.

Sen  eding umrining  go`zal  davoni

Sinfdoshlik yillari unutmam seni

  • Qo`shiq: Xayr maktabim 

Hali  yo’lim olis hayot hali  bor

Hali dunyodan ko`p mening qarzim.

To  tirik ekenman takror va takror,

Siz ustozlarimga qilarman ta’zim.

— She’r. “Ustozlarga tashakkur”  Toshqulova, Tolipova, Saydullayev, Toshnazarov.

Maktab bo`laligi  o`tibdi  tezroq

Jaranglaydi jarangdor “So`nggi qo`ng`iroq”

Xayrlashuv  fursati kelyapti biroq

Xayr  endi sho`xlik beg`ubor maktab.

Qo`shiq: “So`nggi qo`ng`iroq”   (Sinf  jamoasi)

 Tilagimiz maktabdan emas  ketmoq

Orzuyimiz yodingizda abadiy qolmoq

Maqsadimiz  sizga o`xshash do`stlar orttirmoq

Xayr  endi sinfdosh beg`ubor  maktab.

E’tiboringiz  uchun  rahmat!

Нет комментариев

Maktabimiz yangiliklari

cropped-8.jpg

Нет комментариев

Hello world!

Welcome to Сайты-сателлиты 2.0 . This is your first post. Edit or delete it, then start blogging!

Нет комментариев